turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning
poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘ g‘uliston)da qaror topgan. Oloy
tog‘larining g‘arbida joy
lashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sir daryo va Amu daryo havzalari hamda ularga tu-
tashgan hudud G‘arbiy turk xoqonligi tomo ni dan idora etilgan,
qarorgohi Yettisuvda joy lash gan.
1. Turk xoqonligi qachon va qayerda tashkil topdi, unga kim
asos soldi?
2. Nima maqsadda Turk xoqonligi bilan eron o‘rtasida harbiy
ittifoq tuzildi?
3. Turk xoqonligining O‘rta Osiyoga yurishi qanday oqibatlarga
olib keldi?
4. eftallar davlati qulagach o‘zgargan vaziyat haqida nima deya
olasiz?
5. Turk xoqonligi boshqaruvi eftallar davri bosh qaruvidan nimasi
bilan farq qilgan?
6. Turk xoqonligi qanday sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgan? Turk
xoqonligi bo‘linib ketmasligi uchun nimalar qilish kerak edi
deb o‘ylaysiz?
* Mustahkam markazlashgan davlat – bu barcha hu- dudlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir
17
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI Tayanch tushunchalar: G‘arbiy turk xoqonligi, yabg‘u, bosh qa- ruv tartibi, ijtimoiy hayot, Abruy qo‘zg‘oloni. Boshqaruv. G‘arbiy turk xoqonligi ijtimoiy, iqtisodiy va
ma da niy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib tu r-
gan. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador
ko‘ch
manchilar edi. G‘arbiy turk xoqonligi aholisining
kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik
va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy turk xoqonligi
nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janub-
da esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. Xoqonlik
o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni
saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lka
-
larda esa xo qon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.
Xoqon To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda
boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy
hukmdorlarga xoqon likning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xo-
qon ning noibiga (vakiliga) aylanadilar.
Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxa-
ristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat
kuchay tiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yubo riladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi
zaifl ashib boradi.
Ijtimoiy hayot.
G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholi-
ning ha yoti va xo‘jaligi turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va
ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning aso
siy
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi ma-
daniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtiso diy
turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan.
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi
deh
qonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan
shu g‘ul lanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qu -
rol -yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajra lib
turardi.
18
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining
aso siy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa