O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

5. Jaloliddin davlatida nega ichki ziddiyatlar kelib chiqqan? 
Nima deb o‘ylaysiz, uning oldini olish mumkinmidi?
22-§. JALOLIDDIN MANGUBERDI VATAN 
QAHRAMONI
Tayanch tushunchalar: Jaloliddin Manguberdi haqida yaratilgan 
tarixiy asarlar, mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi taval-
ludining 800 yilligi keng nishonlanishi
.
Tarixiy-badiiy asarlarda Jaloliddin Manguberdi timso-
lining yaratilishi.
 
Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazm-
shohlar davlati (1097–1231)ning ko‘p yillik tarixi o‘sha davr 
musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator asarlarda o‘z 
aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so‘nggi vakili, 
buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi hukmronligi, uning 
mo‘g‘ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda 
G‘arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish mumkin. Bu 
manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi 
(kotib al-insho), tarixchi Nasaviy'>Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy 
qalamiga mansub “Siyrat as­sulton Jalol ad­Din Mengburni” 
(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar 
alohida o‘rin tutadi.
Naso (Niso) viloyatidagi qal’alardan birining sohibi bo‘l-
gan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qo-
ladi va o‘sha yerda Sulton Jaloliddinning xizmatiga kiradi. 
Shundan e’tiboran u Jaloliddinning ishonchli mulozimlaridan 
biriga aylanib, to 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddinning vafotiga 
qadar u bilan birga bo‘ladi.
Nasaviy o‘z qahramonini yaqindan bilgan, asarida bayon 
topgan voqea-hodisalarining aksariyatida bevosita ishtirok 
et 
gan yoki shohid kishilarning xabarlariga tayangan, eng 
muhimi, xolisona va haqqoniy fikr bildirgan, bular asarning 
ilmiy qimmati hamda ishonchlilik darajasini oshiradi. Muallif 


79
o‘z asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyb 10 yil o‘tgandan 
so‘ng 1241-yilda kirishgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin