O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi.
 
XIII 
asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining 
umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha 
oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyo 
siy, xususan, 
ma’muriy boshqaruv jiha tidan mustahkam emas edi. Chunki, 
mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z 
vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o‘zbo-
shimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto 
ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib, 
amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy 
dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon 
xotun, ya’ni “turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan 
Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari 
hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari 
orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati 
yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, 
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib 
qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi 
ku chayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. 
Bun day o‘ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sul-
ton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida “Davlat 
ken gashi”ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar 
jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror 
qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana 
3 – O‘zbekiston tarixi, 7


66
shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon 
boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.
1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslaning: Mo‘g‘ullar 
davlati qanday vujudga keldi? Chingizxon qaysi qo‘shni 
davlatlarni bosib oldi?

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin