O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal’asidagi  xazina Ulug‘bek



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal’asidagi 
xazina Ulug‘bek tomonidan olib qo‘yilgani o‘ta shuhratparast 
hamda mol-dunyoga o‘ch Abdullatif uchun bahona bo‘ladi. 
U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, 
zimdan Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif 
Hirotda faqat o‘n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur 
qo‘shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib 
poytaxtni jangsiz bo‘shatib, Movarounnahr tomon qochadi. 
Ulug‘bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach


136
viloyatda “tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z 
tarafiga og‘dirib oladi. Otasidan norozi bo‘lgan amirlarni 
atrofiga to‘playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib, 
uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday 
qilib, Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik 
yo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek fojiasi.
 
Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq 
uchun Ulug‘bekda o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi 
yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ammo mamlakatda 
siyo 
siy vaziyat keskinlashibUlug‘bekning ahvolini yanada 
mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug‘bek old tomondan 
Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi. 
Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar o‘shanda Tosh-
kent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qish-
loqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar 
atrofidagi chorbog‘lari va ko‘shklarini vayron qiladilar. Ikki 
taraf dan kelgan dushmanlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar oqi-
batida Ulug‘bek
qo‘shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. 
Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin