Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda
Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi.
Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini
bostiradi. 1412-yildan boshlab Movarounnahr va Turkistonni
to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi. Ulug‘bek 1414-yilda Farg‘ona va Koshg‘arni egallaydi.
1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari
tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug‘bek davlatining g‘arbiy va
janubiy chegaralarining xavfsizligi barqarorlashgan bo‘lsa-da,
ammo uning shimoli g‘arbiy va shimoli sharqiy tomonlari hali
xavotirli edi. Shu sababli Ulug‘bek Dashti Qipchoqda bosh-
lan
gan o‘zaro nizoga hamda Mo‘g‘ulistonda avj olgan ichki
kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur
bo‘la di.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida
Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir
bo‘lgan to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba
qozonadi va mahalliy muxolafatchi kuchlarni bartaraf etib, mam-
lakat sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo‘lga kiritilgan
o‘ljalar orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik
bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattirildi.
Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan bu urushda Ulug‘bek qozongan g‘ala-
baning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasi ichida
hijriy 828-yilda (1425) Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yoz-
dirilgan o‘ziga xos “zafarnoma” hozirgi kungacha saqlangan.
Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug‘bekning
omadi kelmaydi. Otasi Shohruxning katta qo‘shin bilan yetib
kelishigina Ulug‘bekni halokatdan saqlab qolgan.