151
hamda tojik adabiyoti o‘rtasida o‘zaro
aloqa va hamkorlik
kengaydi va mustahkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi.
Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy bog‘langan holda
adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.
Durbek tomonidan
qayta ishlangan “Yusuf va Zulayho”
dostoni, toshkentlik shoir
Atoiyning devoni shu davr badiiy
adabiyotining durdonalaridir.
Bu davrda o‘zbek shoirlari ichida
Lutfiy (1366–1465)
alohida o‘rin tutadi. Navoiyga qadar o‘zbek she’riyatida
Lutfiy
darajasiga yetadigan shoir bo‘lmagan. U birgina turkiy tilida
asarlar
yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi.
Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli
bo‘lishni targ‘ib qilish, ilm va san’atni sevish kabi fikrlar katta
o‘rin olgan.
XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida
buyuk davlat arbobi,
ulug‘ shoir, olim, mutafakkir
Alisher Navoiy (1441–1501)
va buyuk fors-tojik shoiri
Abdurahmon Jomiy (1414–1492)
ning hissalari g‘oyat buyukdir.
Navoiy butun
faoliyati va
ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning
osoyishtaligiga, o‘zaro
urushlarning oldini olishga, obodonchilik
ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi.
U o‘zbek adabiy tili, o‘zbek
mumtoz adabiyotini yangi
pog‘onaga ko‘tardi.
Navoiy o‘ttizdan ortiq yirik badiiy asar
yozdi.
“Xamsa”, “Xazoyin ulmaoniy”, “Mahbub ulqulub”,
“Lison uttayr” shular jumlasidandir.
O‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri
Alisher
Navoiy o‘zining bebaho asarlarida ko‘tar-
gan o‘ta insonparvar g‘oyalari bilan jahon
adabiyotining buyuk
namoyandalari
qatoridan munosib o‘rin egalladi.
Abdu-
Dostları ilə paylaş: