153
Yevropada Mirxondning asari ancha vaqtgacha Sharq
tarixi
bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
Mirxondning nabirasi
Xondamir (1475–1535) ham o‘z
davrining mashhur tarixchisidir.
U hazrat Alisher Navoiyning
shogirdi edi.
Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning
diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning
yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi.
Xondamir
o‘zining keng ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim
va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi.
Navoiy
Xondamir haqida “
Majolis unnafois” asarida quyidagilarni
yozib qoldirgan: “
Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir
va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida mahorati bordir”.
Xondamir sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin
asarlar yozib qoldirgan.
Xondamir o‘zining o‘lmas tarixiy
asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini
boyitdi va
ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Xondamir o‘z asarlarida
xalqimizning o‘tmish tarixi va voqea-hodisalarini go‘zal qilib
tasvirlagan. Ayniqsa uning “
Habib ussiyar” asari O‘rta Osiyo,
eron va Xurosonning XV asr oxiri
va XVI asrning birinchi
choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va
qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: