O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Farg‘ona.
Farg‘ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. 
Far g‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan 
kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xush-
kat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunar-
mand chilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari 
ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni 
mam 
lakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-dar-
mon lar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorva-
dor lar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yon -
ba 
g‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu 
vodiyda ko‘pay tirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taral-
gan.
Choch va Eloq.
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida 
ikki 
ta hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri 
Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Choch-
ning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb 
yuri tilardi. eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa “dehqon” 
deb ata lardi. 
VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi 
hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor 
va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. 


21
Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari ti-
zi 
miga ega bo‘l 
gan. Tangalarning old 
betida hukmdor surati, teskari to mo nida 
ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, 
ba’zan su lo laviy ayri tamg‘a tushirilgan. 
Ayrim tangalarda esa, hatto hukm dorga 
yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. 
Bunday tasvir hukmdorning malikasi – 
xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega 
bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat 
beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan.
Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma 
deh 
qonchilik, chor 
vachilik, hunarmandchilik, konchi 
lik va 
savdo yuksak darajada bo‘lgan. 
Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va Eloqqa 
ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining 
ko‘payishiga imkon bergan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin