41
III B O B
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL
DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
12-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR
Tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat
boshqaruvi.
Xalifalikning zaiflashuvi.
VIII asr oxiri – IX asr bosh-
la rida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo‘y sun-
dirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin
bo‘lib qoldi. Movarounnahr va
Xuroson aholisining tez-tez
qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urush
va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi.
Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hudud-
laridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh
yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri
Qarluqlar davlatidir.
Qarluqlar davlati.
Qadimda
Oltoyning g‘arbida, so‘ngra
Irtish daryosining o‘rta oqimida
yashagan qarluqlar qadimiy
tur
kiy qabilalardan hisoblangan.
VI–VII asrlarda ular Turk
xo qon ligi tarkibiga kirgan.
VIII asr o‘rtalarida
Yettisuv o‘lka
sida
Qar luqlar davlati tashkil topdi.
Bu davlatning poytaxti
Chu daryosidan shimolroqda joylashgan
Suyob shahri edi.
Qarluqlar
davlati hukmdori “yabg‘u” yoki
“jabg‘u” deb
yuritilgan.
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi
mu
sul
mon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome
mas jidlar bino qilingan.
Qarluqlar davlati shimol va
sharqdan Elsuvi daryosi vodiy-
sigacha,
chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan
o‘g‘uz yur ti
va
Farg‘ona vodiysi; janubda esa
yag‘molar vohasi va
Shar
qiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan
tashqari
Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va
qator qishloqlar qad ko‘targan. Aholi
qo‘ychilik, tog‘ jilg‘alari
bo‘ylarida esa
dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Sharqiy
42
Turkiston va Mova
rounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan.
Chetga asosan jun va junli mahsulotlar:
gilam, sholcha, namat
kabilar olib chiqilgan.
X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini
egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vo diy-
lariga kelib o‘rnashganlar. Keyinchalik o‘troq tarzda yashay-
digan mahalliy aholiga singib ketganlar.
O‘g‘uzlar.
Turk xoqonligi hukmronligi davrida o‘g‘uzlar
uning tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uz-
larning kat tagina qismi
Sirdaryo havzasi hamda
Orol dengizi
bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular
IX asr oxiri va
X asr
Dostları ilə paylaş: