58
Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor deh-
qonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy
mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o‘zining ilgarigi o‘rni
va ahamiyatini butunlay yo‘qotadilar.
Iqto yerlarining kengayishi.
XI asrdan boshlab yerdan
foydalanishda
iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar
tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy
darajali harbiylar, davlat ma’murlari va
mahalliy zodagonlarga
ham katta-katta yer maydonlari
iqto tarzida hadya qilinadi.
Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo‘ysundirilgan mamlakatlar
aholisidan tegishli soliqlarni undirish boshqarishning eng qulay
shakli hisoblangan.
Shunday qilib,
XI–XII asrlarda
Movarounnahrda va Xuro-
sonda
iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan
biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo‘lgan e’tibor-
ning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining
tobora
ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko‘paydi.
Garchi bu davrda
barzikorlar ilk o‘rta asrlardagi kadivar lar-
ga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo
ularning zimmasiga
dav lat tomonidan turli soliq va har xil maj buriyatlar yuklangan
edi. Su g‘orish tarmoqlari, to‘g‘onlar, yo‘l va qal’alar qurish va
ularni ta’ mir etishda ularning ishtiroki shart edi.
Dostları ilə paylaş: