54
yotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo‘lsa-da, biroq u
o‘ziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi. Vazirlik tizi-
mida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya kabi hamda
xabar-pochta devonlar faoliyat ko‘rsatgan. Viloyat hukmdori
voliy, shahar hokimi
rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv
ishlari
amid, shaharlarda esa
kutvol tomonidan amalga
oshirilgan. Davlat qudratli qo‘shinga ega edi. Qo‘shinda harbiy
kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud bo‘lgan.
Ilm-fan va madaniyat.
G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va
madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G‘aznaviy
turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini
ham mukammal bilgan, she’r bitgan. Poytaxt saroyida 400
dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan.
Abu Ray-
hon Beruniy,
Nosir Xusrav,
Gardiyziy va
Bayhaqiy kabi
buyuk mutafakkirlar G‘aznada yashaganlar.
Beruniy “Qonuni
Ma’sudiy”,
Bayhaqiy “Tarixi Ma’sudiy” asarlarini sulton
Ma’sudga bag‘ishlaganlar.
Abul Qosim Firdavsiy mashhur
“Shohnoma” dostonini
Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan.
G‘aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham jid diy
e’tibor berilgan.
G‘azna,
Balx,
Nishopur,
Lohur va bosh
-
qa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va sa-
roylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Bog‘-u
chorbog‘lar barpo etilib, xususan poytaxt
G‘azna shahri
gullab-yashnagan.
Dostları ilə paylaş: