8- MA’RUZA. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O’ZGARISHLAR
Reja:
Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari.
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko‘rsatkichlari.
Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy
yo‘nalishlari.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib yashash va faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. SHu sababli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish ob’ektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
birinchiyo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
ikkinchiyo‘nalish – Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish;
uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida byudjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyasiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholikambag‘alqatlaminiqo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishlar I.A.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida»1 kitobida to‘liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o‘zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
«Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006 yildan hozirga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijada 2009 yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. SHulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi»20.