10 - MA’RUZA. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI Reja: Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi.
Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siѐsati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
1.Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Ma’naviyatning ma’nosi keng. Mazkur tushuncha jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etadi. Binobarin, u «insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» deb xulosa qiladi «YUksak ma’naviyat - engilmas kuchdir» kitobining muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Respublikamizda ma’naviyat sohasida amalga oshirilgan islohotlarni uch bosqichga ajratish mumkin:
1 bosqich - islohotlarning boshlanishi davri bo‘lib, 1989-1994 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda istiqlolga erishish va mustaqil taraqqiyotning umumnazariy aspektlari, strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilgan va amalga oshirishga kirishilgan.
Ikkinchi bosqich 1995 — 2000 yillar davomida yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlarni qamrab oladi. Bu davrda endi islohotlarning davomiyligi kuzatilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ijro mexanizmlarini shakllantirish, ijtimoiy institutlarining tarkib topishi sodir bo‘ldi.
Uchinchi bosqich- 2001 yildan hozirgacha kelayotgan demokratik yangilanish va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning davom etishi hamda rivojlanishi bilan belgilanadigan davr bo‘lib, bunda mazkur yo‘nalishning ijtimoiy institutlari faoliyatining takomillashuvi, fuqaro tafakkuri va turmushida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning kamol topishi kuzatiladi.
Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujudga keldi. Respublikada "Ma’naviyat va ma’rifat" kengashi, "Ta’lim markazi", "O‘zbekkino", "O‘zbeknavo", "O‘zbekraqs", O‘zbekmuzey", "O‘zbekteatr", Badiiy akademiya, Milliy madaniy markazlar kabi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashkilotlarning tashkil etilishi respublika madaniyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga zamin bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida madaniyat sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 1992 yili davlat kompaniyasi shaklida tashkil etilgan kino tizimi ham 1996 yilga kelib «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Bunda sohani to‘liq erkinlashtirish, har bir kino xodimining va boshqa shaxslarning ixtiyoriy ravishda hissador, mulk egalari bo‘lib, moddiy va ma’naviy manfaat ko‘rishi nazarda tutildi.
Mustaqillik yillarida “O‘tkan kunlar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “YOzning yolg‘iz yodgori”, “Kichkina tabib”, “Voiz” kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Kinochilar bir qator hujjatli filmlar yaratdilar. Ulardan biri “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida” asari asosida ishlangan ko‘p qismli hujjatli filmning Angliya, Germaniya, Belgiya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda taqdimoti bo‘ldi va xorijlik tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.
1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi, shu yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi.
Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan 1997 yildan buyon Samarqandda har ikki yilda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “SHarq taronalari” xalqaro musiqa festivali dunyo xalqlarining milliy musiqa san’ati va qo‘shiqchiligi an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
1997 yil 23 yanvarda “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmon e’lon qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra xalq hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
1998 yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Unda Mutal Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Boboev, Boris Gienko, Rustam Abdullaev, Mustafo Bafoev singari bastakorlarimizning ijodiga yuksak baho berildi.
Mustaqillik yillarida milliy-an’anaviy qo‘shiqchilik bilan birga milliy estrada san’ati ham rivojlanmoqda. O‘lmas Saidjonov, Munojot Yo‘lchieva, Nasiba Sattorova, Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Farrux Zokirov, YUlduz Usmonova, Nasiba Abdullaeva va yuzlab ularning kasbdoshlari o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Shavkat Mirzaev, Baxtiyor Aliev, Abduhoshim Ismoilov, Anor Nazarov, Dilorom Omonullaevalar yaratgan asarlar ana shu ikki yo‘nalishning taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqdi.
2001 yil 26 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi huzuridagi “O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijodiy markazi”ning tashkil etilishi estrada san’ati yo‘nalishida izlanayotgan iste’dodli yoshlarning o‘z iqtidorini yanada boyitish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
2004 yil 16 martda “kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni milliy kinematografiyani rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.
2007 yil 23 avgustda O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari ilk marta berildi (ushbu mukofot 2006 yil 25 iyulda ta’sis etilgan edi).
Prezidentimiz I.Karimovning tomonidan 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatni yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi doirasida viloyatlarda qator ishlar amalga oshirildi.
2010 yil 7 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori e’lon qilindi. Unda nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga etkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish, nomoddiy madaniy merosni ilmiy jihatdan o‘rganish va tadqiqot ishlarini tashkil etish, nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hujjatlashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari, nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, nomoddiy madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish, nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish kabilar belgilab berildi.
Art week style.uz-2011” san’at haftaligi doirasida tashkil etilgan “Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi tomoshabinlarga zamonaviy kinematografiya olamidagi e’tiborli jarayonlarni kuzatish, jahon kinematograflarining eng sara asarlari bilan tanishish o‘zbek san’atining taraqqiyot bosqichlari bugungi kuni haqida ma’lumot berishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida Toshkent kinofestivali, "Teatr festivali", "Simfonik musiqa festivali" kabi xalqaro anjumanlar o‘tkazildi. SHuningdek "YAngi avlod", "Kelajak ovozi", "Vatan yagonadir, Vatan bittadir", "YAngi nomlar" va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbek san’ati jahonga tanilmoqda, ko‘plab folklor jamoalari, jumladan Toshkentning "Kamalak", Andijonning "Sumalak" xalq raqs ansambli, Xorazmning "Meros" bolalar namunali folklor-etnografik ansambllari xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurib, xalqaro anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar.
Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha yo‘nalishlari kabi ma’naviyat sohasiga ham bevosita taalluqlidir. CHunki mazkur ma’ruzada, avvalo, bosib o‘tgan yo‘limiz tahlil etilsa, ikkinchidan, taraqqiyotimizning istiqbollari belgilab berildi. SHunday ekan, ma’naviyat borasidagi islohotlarni ham yanada chuqurlashtirish lozim.
Zero, O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar evolyusiyasi kuzatilarkan, ularni bir-biriga bog‘laydigan bosh tamoyil nima degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunga javoban qat’iy aytish mumkinki, O‘zbekistonda so‘nggi yigirma yil mobaynida, avvalo, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar konsepsiyasi ishlab chiqildi; ikkinchidan, bu konsepsiya jamiyat ijtimoiy hayotiga uzluksiz va izchil tatbiq etib kelinmoqda.
Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha yo‘nalishlari kabi ma’naviyat sohasiga ham bevosita taalluqlidir.
Mustaqilligimizning o‘tgan 21 yilida tarixiy an’analarga sadoqat, ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish mustaqil siyosatimiz va milliy g‘oyamizning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish uchun urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirishimiz lozim.
Yurtimizda milliy tarix, an’analar va madaniyatni yoritishdagi yutuqlar rag‘batlantirib borilmoqda. Poytaxtimizda 2009 yil oxirida bo‘lib o‘tgan “Art Week Style.uz – 2009” va 2012 yil oktyabrdagi san’at haftaliklari, 2010 yili Xiva shahrida, 2012 yili Tuproqqal’ada, 2013 yil Sarmishsoyda “Asrlar sadosi-2010”, “Asrlar sadosi 2012” “Asrlar sadosi 2013”madaniyat festivallari tashkil etildi. Mazkur festivallar o‘tmish merosimiz va an’analarimizni avlodlarga etkazishda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda bu navqiron avlodni milliy madaniyatimiz, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga, milliy qadriyatlarimizga hurmat-ehtiromni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Bunday nufuzli tadbirlarning aksariyati O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Shu tariqa mustaqillik Sharofati bilan mustabid tuzum davrida toptalib kelingan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz qayta tiklanib, bugungi milliy-ma’naviy taraqqiyotimizga xizmat qilmoqda.
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma’naviyatli, ongini har qanday salbiy ta’sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga etkazish - bugungi kun ta’lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana Shunday insonlargina kelajaqda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‘i lozim. Dushmanlik, g‘ayr ko‘zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‘ hakiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab etganlar, Ammo o‘zgani tuShunish o‘zgaga mehr ko‘zi bilan boqish uchun, avvalo inson o‘zligini anglab etmog‘i kerak. O‘zligini anglamagan zot xech qachon o‘zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma’naviyatimizga bugungi ayricha e’tibor ham ushbu o‘zligimizni anglab etishga bo‘lgan kuchli ehtiyojning natijasidir, deb ta’kidlaydi muallif.
Jaxonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunday buzg‘unchi kuchlar uchun "ayni muddao" bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o‘z qabih niyatlari yo‘lida ishga solish harakatiga tushdilar. Vaziyatning murakkabligi shundaki, bunday yovuz niyatli kuchlarning Vatani ham, millati xam, dinu imoni xam yo‘q. Muallif ular goh "erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish " niqobi ostida, goxida islomiy qiyofada harakat qilishlari mumkinligini aytib, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga xurmat-extirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarurligini uqtiradi.
Bugun Evropa muhitidagi xatarli tamoyillar turli yo‘llar bilan dunyoning boshqa mintaqalariga ham kirib kelmoqda. Birinchi Prezident ta’kidlaganidek, hozirgi vaqtda ahloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti osha muqaddasligi, yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi.
2000 yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‘ldi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o‘rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‘z taxtasida bronza medaliga ega bo‘ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.