O`zbekiston Tarixi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#197237
  1   2   3
O`zbekiston tarixi Ijtimoiy Muhofaza

O`zbekiston Tarixi

Mavzu:Respublikada aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog`liqni saqlash tizimida olib boriladigan kompleks chora tadbirlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan: kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy qilindi; kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to‘rt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi;

Kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun to‘lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‘rtacha 1,5 barobarga oshirildi; ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini ta’minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib hamda ijtimoiy himoya sohasida tizimli islohotlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish; majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish; aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash; aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash; ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyotini joriy etish.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin