Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Xalqaro mehnat tashkiloti, UNICEF va Jahon banki Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi Xalqaro mehnat tashkiloti, UNICEF va Jahon banki Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashi ma‘lum qilindi. Xabarga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Jahon banki prezident huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Bu O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambag‘allik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek, O‘zbekistonning milliy rivojlanish va barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadam ekani ta‘kidlangan.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Tuzuvchi:Xudoyberganov Shaxboz