O`zbekiston Tarixi


IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#197237
1   2   3
O`zbekiston tarixi Ijtimoiy Muhofaza

IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI

O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida, 2024-yildan boshlab “Yo‘l xaritalari” har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilsin. Belgilansinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi. -Belgilansinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan: a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi. Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi; b) kelgusida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich to‘lanadi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2023-yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 2023-yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini tasdiqlasin. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilishi munosabati bilan: 2022-yil 1-sentabrdan Moliya vazirligi huzuridagi Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi tugatilishi hisobiga 3 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish bo‘limi; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro apparati shtat birliklari hisobidan 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy to‘lovlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish shu’basi;


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin