1-Labaratoriya ishi. Mavzu: Korporativ tarmoq texnik vazifalarini tashkil etish. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi.
Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda. Alohida e’tibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga qaratilmoqda.
Jamiyatning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardir:
yo’llarni kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yo’lning ustki qurilmasi elementlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish va h.z
Jamiyatda sarmoyaviy qo’llab quvvatlashni talab qiladigan bir necha loyihalar mavjud bo’lib, ular amalga oshirilgan taqdirda sarmoyachiga katta foyda olib kelishni va’da qiladi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ 1993 yildan beri Temir yo’l Hamkorlik Tashkiloti a’zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo'llari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ TRASEKA(Evropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasining Evropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqkiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.
Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining lokomativ parki yangi tipdagi teplovozlar, elektrovozlar, elektropoyezd (seksiyalar)laridan tashkil topgan. "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmirlash" unitar korxonasi — Toshkent teplovoz taʼmirlash zdida yirik magistral teplovozlar taʼmirlanadi, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. "Oʻzvagontaʼmir" aksiyadorlik jamiyatida barcha turdagi yuk tashish vagonlari taʼmirlanadi. 2001 yilda yoʻlovchi tashish vagonlarini taʼmirlaydigan "Toshkent yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zdi" aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi. 1998 yildan kompaniya tarkibida asosiy faoliyati shahar atrofi, shaharlararo — mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, pochta, qoʻl yuki tashishga ixtisoslashgan va bir kunda 10 mingdan ortiq fuqarolarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi.
Rais o’rinbosari-“Toshkent metropoliteni” UK boshlig’i