O‘zbekiston temir yullari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə6/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

16-17.08.2023 - YIL
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBEKTIDA (XICHO) XAVFSIZLIK TALABLARI MAZMUN MOXIYATI.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006 yil 29 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
[СПиТ:
1.Саноат хавфсизлиги / Саноат хавфсизлиги]
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
[СПиТ:
1.Саноат хавфсизлиги / Авария]
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
[СПиТ:
1.Саноат хавфсизлиги / Хавфли ишлаб чиқариш объектлари]

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin