“O‘zbekiston temir yullari” AJ
Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli
Termiz elektr ta’minoti korxonasining bo‘lim va sexlaridagi ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tqaziladigan texnik mashg‘ulot
2023-YILNING 2-YaRIM YILLIK UChUN
KONSPEKT
Termiz elektr ta’minoti korxonasi bo‘lim va sexlaridagi ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi bo‘yicha 2023-yil 2-yarim yillik uchun tuzilgan texnik mashg‘ulotlar o‘tish bo‘yicha DASTURI
iyul
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
5-6.07.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
Uz.R. VMning 1997 yil 06 iyundagi 286 sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va xisobga olish” qarori hakida tushuntirish ishlari olib borish (2-bulimi).
|
Elektr stansiyalar, nimstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar xaqida tushintirish ishlari olib borish (E-8, 11-band)
|
12-13.07.23
|
Yuk kranida ish yakunida amalga oshiriladigan xavfsizlik choralari.
|
19-20.07.23
|
Xashoratlar chaqqanda birinchi yordam kursatish.
|
avgust
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
2-3.08.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
Uz.R. VMning 1997 yil 06 iyundagi 286 sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va xisobga olish” karori xaqida tushuntirish ishlari olib borish;
|
Kuchlanishni uchirib va yerlatgichlarni ulangan xolatda ish bajarishdagi xavfsizlikning maxsus talablari (E-3, 8.5.-band).
|
9-10.08.23
|
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida (XIChO) xavfsizlik talablari va mazmun moxiyati.
|
16-17.08.23
|
Tashqi kon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish.(o‘quv qo‘llanma 306 bet) Drezinalar bilan kontakt tarmog‘ida ish bajarishdagi xavfsizlik talablari xaqida.
|
sentyabr
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
6-7.09.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
Uz.R. VMning 2005 yil 11 fevraldagi 60 sonli “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xolda jaroxatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning bopqa xil shikastlanishi tufayli yetqazilayotgan zararni qoplash” to‘g‘risidagi qarori xaqida tushuntirish ishlari olib borish.(7- bob)
|
Elektrovozlarni tok kabul kilgichlarini tushirgan xolda o‘tqazish yuli bilan bajariladigan biriktirilgan ishlarni bajarish. (E-3, 2.6.-band).
|
13-14.09.23
|
Bosim ostida ishlovchi sigimlarni xavfsiz ishlatish talablari.
|
20-21.09.23
|
Is gazidan zaxarlanish belgilari va birinchi yordam ko‘rsatish.(o‘quv qo‘llanma.3 02-bet)
|
oktyabr
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
4-05.10.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
2021 yil 11-maydagi 502-sonli “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimini tasdiqlash va amalda tatbiq etish to‘g‘risida” buyrug‘i xaqida tushuntirish ishlari olib borish.
|
Peregonlarda va stansiya xududida xavfsiz harakatlanish talablari va elektrlashtirilgan uchastkalarda elektr xavfsizlik koidalari. (E-3,4-band)
|
11-12.10.23
|
Is gazidan zaxarlanish va zaxarlanishni oldini olish.
|
18-19.10.23
|
Qon ketish turlari va qon ketishni to‘xtatish usullari.(o‘quv qo‘llanma 304 bet)
|
noyabr
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
1-2.11.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
Balandlikda va yuqorida ishlashda xavfsizlik talablari.(NBT-31 nizomi)
|
Elektr kabellariga xizmat ko‘rsatishdagi xavfsizlik talablari. Balandlikda va yukoridagi ishlarni bajarishda umumiy xavfsizlik talablari to‘g‘risida tushintirish ishlari olib borish (NBT-311 sonli yuriknoma 1-bo‘lim).
|
8-9.11.23
|
Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va ularning xavfsiz ishlatish qoidalari (sanoat xavfsizligiga oid normativ-xukukiy xujjatlar to‘plami 85 bet)
|
15-16.11.23
|
Tayanch harakat sistemasi shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish(MM qilish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. 353bet)
|
dekabr
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni videoroliklar orqali ko‘rsatib taxlil qilish.
|
6-7.12.23
|
Korxona raxbari, bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi muxandisi, targ‘ibot yo‘riqchisi, bo‘lim boshliqlari
|
2021 yil 11 may kuni 501-sonli buyrug‘i “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda mehnat xavfsizligiga rioya etilishi nazoratining talon tizimi tugrisidagi Nizomi xakida tushuntirish ishlari olib borish.
|
Ishchi-xodimlarni elektrlashtirilgan uchastkalarda elektr xavfsizligi hamda bino va inshootlar, temiryul va uning atrofida yong‘in xavfsizligi qoidalari xaqida tushuntirish ishlari olib borish (E-8, 8-band)
|
13-14.12.23
|
Kislorod balonlarni olib kelishda, saqlashda va ulardan foydalanish vaqtida texnika xavfsizligi talablari.
|
20-21.12.23
|
Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish.(o‘quv qo‘llanma 289-bet)
|
IYuL 5-6.07.2023yil
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ KORXONA VA TAShKILOTLARIDA SODIR BO‘LGAN IShLAB ChIQARISh BILAN BOG‘LIQ BAXTSIZ XODISALARNI VIDEOROLIKLAR ORQALI KO‘RSATIB TAXLIL QILISh.
UZ.R. VMNING 1997 YIL 06 IYuNDAGI 286 SONLI “IShLAB ChIQARIShDAGI BAXTSIZ XODISALAR VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOShQA XIL ZARARLANIShINI TEKShIRISh VA XISOBGA OLISh” QARORI HAKIDA TUShUNTIRISh IShLARI OLIB BORISh (2-BO‘LIMI).
1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
tekshirish komissiyasi ish boshlanishiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar qilish. (O‘zR VM 05.07.2010 y. 134-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
2. Korxona tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona, poliklinika) bir sutka ichida yordam so‘rab murojaat qilgan xodimlar, shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish ob’ektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz bergan har bir baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga xabar beradi.
3. Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi.
Ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etmaydi.
Komissiya:
uch sutka ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aniqlab so‘roq qilishi, imkoni bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan N-1 shaklidagi dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak.
4. Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch sutka davomida tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomalarni:
jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish materiallari bilan birga korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga, davlat mehnat texnika nazoratchisiga yuboradi.
N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va daftarda qayd qilinadi (2-ilova).
Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnoma nusxalarini, kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organlariga, O‘zbekiston Respublikasi "Sanoatgeokontexnazorat" yoki "O‘zdavenergonazorat" davlat inspeksiyalari organi vakiliga, agar baxtsiz hodisa nazoratdagi tegishli korxonalar (ob’ektlar)da yuz bergan bo‘lsa, yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, tegishli vazirlik (xo‘jalik boshqaruvi organlari)ga ham ularning talablariga muvofiq yuborishi shart. (O‘zR VM 17.12.2010 y. 301-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
Mazkur bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda N-1 shaklidagi dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga tekshirish materiallari bilan yuborilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma 45 yil davomida saqlanishi lozim. Boshqa joylarga yuborilgan N-1 shaklidagi dalolatnomalar va uning nusxalari ehtiyoj yo‘qolguncha saqlanadi.
5. Agar korxona qayta tashkil etilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma huquqiy vorisga korxonaning boshqa qimmatli qog‘ozlarini topshirish tartibida beriladi. Agar korxona tugatilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xo‘jalik organi bo‘lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma, tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. (O‘zR VM 24.03.2010 y. 52-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
6. Jabrlanuvchi yoki guvohlar ish vaqti davomida ish beruvchiga xabar bermaganligi yoki ish qobiliyati darhol yo‘qolmaganligi to‘g‘risidagi baxtsiz hodisalar jabrlanuvchining yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsning arizasiga, shuningdek, (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining talabiga binoan ariza berilgan yoki ko‘rsatma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida tekshiriladi. N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish masalasi baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi ariza har tomonlama, barcha shart-sharoitlar, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar hisobga olingan holda tekshirilganidan so‘ng hal etiladi.
7. Boshqa tashkilot tomonidan o‘sha tashkilot topshirig‘ini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini ado etish uchun mazkur korxonaga jo‘natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
N-1 shaklidagi dalolatnomaning 3-bandida xodimni yo‘llagan tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‘lsa o‘sha tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi organi tizimidagi boshqa korxona xodimi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa, baxtsiz hodisa yuz bergan korxona (ob’ekt) qaysi organ nazorati ostida bo‘lsa, shu organ tomonidan hisobga olinadi. (O‘zR VM 17.12.2010 y. 301-son Qarori tahriridagi izoh) (Oldingi tahririga qarang)
Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, kolgan 3 ta tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va 4-bandda ko‘rsatib o‘tilgan manzillarga jo‘natish uchun yuboradi.
8. Ish beruvchining yozma farmoyishi bilan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilgan yoxud o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. (O‘zR VM 05.07.2010 y. 134-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan korxona xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
10. Harbiy qism bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma, bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi ob’ektlariga ishga jalb qilingan va uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Sanoatgeokontexnazorat" yoki "O‘zdavenergonazorat" davlat inspeksiyalari organi vakili ishtirokida tekshiriladi. (O‘zR VM 17.12.2010 y. 301-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
11. Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish-mehnat muassasi (ATMM)da, davolash-mehnat va tarbiya-mehnat profilaktoriyalari (DMP va TMP)da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM, DMP va TMP vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
ATMM, DMP va TMPlarda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
12. Avtokorxona yoki boshqa korxona tomonidan tuzilgan yig‘ma avtokolonna tarkibida qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan avtomobil haydovchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan korxona vakili qatnashadi.
13. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan o‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisa korxona tomonidan ta’lim muassasasi vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan o‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar ta’lim muassasalari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va ta’lim muassasasi tomonidan hisobga olinadi.
(O‘zR VM 05.07.2010 y. 134-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
14. Mazkur bo‘limning 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasi jabrlanuvchining doimiy ish, xizmat yoki o‘qish joyiga yuboriladi.
12-13.07.2023yil
ELEKTR STANSIYaLAR, NIMSTANSIYaLARNING ELEKTR QURILMALARIDA VA ELEKTR UZATISh KABEL LINIYaLARIDA IShLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVChI TAShKILIY ChORA- TADBIRLAR XAQIDA TUShINTIRISh IShLARI OLIB BORISh (E-8, 11-BAND)
11. Temir yo‘lda kabel yotqazuvchi hududda ishlayotganda
Elektr xavfsizlik choralari.
11.1. Kabel yotqizish mashinasi ishlayotganda, kontakt tarmog‘idagi kuchlanish o‘chirilishi va kontakt tarmog‘i ish jabhasining oxirigacha yerlanishi kerak. Buning uchun ish boshqaruvchisi ECh xodimlariga yozma ravishda ruxsatnoma berishi kerak.
11.2. Zarur bo‘lganda kabel yotqizish ishlarini olib boruvchi ishchilar ECh vakilini kuzatuvi ostida kontakt tayanchidan yerlatgichni yechishi mumkin. Shu bilan birga, agar yetkazib berish yoki kuchlantiruvchi liniyalarning simlari, DPR tizimlari elektr uzatish liniyalari ishning old qismida ushbu tayanchlarda to‘xtatilgan bo‘lsa, unda bu tayanchlar yerlatgich relslardan uzilishidan oldin, temir yo‘l trassasiga kamida 70mm kesimli qo‘shimcha simi orqali yerga ulanadi. Kabelning uzunligi 200 m oshmasligi kerak. Kabelni yotqazish, o‘chirish, ulash va yerga ulanishni qayta tiklash bo‘yicha ishlar yuqori kontakt tarmog‘lari tayanchlari tomonidan ECh vakili nazorati ostida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan simlardan kuchlanish o‘chirilsa, u holda tayanchlarni yerga ulashni hojati yo‘q.
11.3. Kabel yotqizish moslamasining xodimlariga o‘zlari tomonidan 2 m yaqin masofada joylashgan kontakt tarmog‘iga va boshqa tok simlariga yaqinlashish uchun asbob va vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
Agar simlarga 2 m dan yaqin masofada yaqinlashish zarur bo‘lsa, undagi kuchlanishni kontakt tarmog‘ining xodimlari tomonidan o‘chiriladi va ko‘rsatilgan simlar (ushbu qoidaning 3-bobiga muvofiq) ish joyining har tarafidan yerlanadi.
11.4. Kabel qatlamining temir yo‘lidagi ish mavjud hollarda faqat signalizatsiya va aloqa masofasining vakili nazorati ostida tashkil etilishi kerak.
Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasida amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida O‘TY AJning elektr ta’minoti bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |