Reja: nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, oldini olish choralari. Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#176164
  1   2   3
Asab-ruh tizimi kasalliklari


Asab-ruh tizimi kasalliklari


Reja:

1) Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam


ko’rsatish, oldini olish choralari.
2) Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
3) Insult, kelib chiqish sabablari, klinikasi, birinchi yordam ko’rsatish, profilaktikasi.

Nevrozlar
Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar natijasida oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik kasalliklar hisoblanadi. Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi klinik formalari farq qilinadi.
1. Nevrosteniya
2. Isteriya.
3. Psixosteniya.
Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi, surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni zaiflashtirib qo’yadigan omillarning borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi. Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi.
Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, turli vahimuh. Qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi.
Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuk qisib turhandek bo'lib seziladigan bosh og’rig’i yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin