O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja



Yüklə 210,58 Kb.
səhifə3/12
tarix20.05.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#118195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tah

2.1.1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda moliya bozorlarini tartibga solish tizimi3

Tartibga solish shakllari

Asosiy xususiyatlari

Davlat tomonidan tartibga solish (Germaniya, Fransiya, Yaponiya)

– tartibga solishning asosiy vakolatlari hukumat yoki maxsus davlat organlari ixtiyorida;
– qonunchilik tartibga solish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hukumatning doimiy ishtirokini nazarda tutadi;
– o’z-o’zini tartibga solish vakolati sezilarli darajada chegaralangan, faqatgina zaruriy hollarda qo’llaniladi (masalan, savdo qoidalarini ishlab chiqish kabilarda);
– o’z-o’zini tartibga solish organlari tomonidan ishlab chiqiladigan me’yorlar davlat organlari bilan albatta kelishilishi shart;

Tartibga solishning egiluvchan shakli (Avstraliya, Gonkong, Buyuk Britaniya)

– moliyaviy bozor ishtirokchilariga o’z faoliyatini tartibga solishda va tartibga solish majburiyatlarini amalga oshirishda katta erkinlik berilgan;
– bozor ishtirokchilari o’zlari ham tartibga solish bo’yicha qarorlar chiqarishlari mumkin. Bunda, agar talab etilsa, ushbu qarorlar davlat regulyatori yoki bozorning infratuzilma institutlari bilan muvofiqlashtiriladi. Mavjud qonunlardan tashqari, tartibga solish tizimi qattiq qoidalar emas, balki “yumshoq” tavsiyanomalar ishlab chiqadi va shu yo’l bilan egiluvchanlikka erishiladi. Agar, yuzaga kelgan masalani hech qanaqasiga hal etish imkoni bo’lmasa, tavsiyanomalar qoidalarning yagona manbasi bo’lib xizmat qiladi;
– ishtirokchilarga tanlash imkoni beriladi: o’z xohishiga qarab yo’l tutish (agar qaror investor huquqlarini buzsa, zarur bo’lganda, vakolatli organ oldida o’z qarorini isbotlab berish) yoki tavsiyanoma asosida harakat qilish;
– amalda bunday yondashuv tartibga solish aniqligini va jazo qo’llashni pasaytirmaydi;
– qoidalar buzilganda jazo qo’llash oldingi tizimga nisbatan qat’iy va ko’proq tarzda amalga oshiriladi.


Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin