Oʻzbekiston va yaqin sharq mamlakatlari oʻrtasida hamkorlik aloqalari


Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#111888
1   2   3   4
GEOSIYOSAT 22-MAVZU TOYIROV DONIYOR

Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari
1994-yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.
1997-yilda Quvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSh dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. Quvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan. 1998-yil 250 ming Quvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Quvayt parlamentida Quvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashkil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.
Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari
2022-yil 16-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi xalqaro konferensiya ishida qatnashayotgan Quvayt Davlatining tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabohni qabul qildi. Uchrashuvda amaliy hamkorlikni, eng avvalo savdo, investitsiya va innovatsiyalar, moliya, oziq-ovqat xavfsizligi, axborot texnologiyalari, ta’lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari
Isroil davlati Oʻzbekiston mustaqilligini tan olganidan keyin ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun huquqiy negiz yaratishga kirishildi. 1994-yildan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, havo qatnovi, avtotransport va sayyohlikni rivojlantirish xususida bitimlar imzolandi. 1997-yil aprelda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining Isroilga rasmiy tashrifi chogʻida madaniyat, fan va ma-orif sohasidagi hamkorlik haqida bitim tuzildi.
Isroil 1998-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning Isroilga tashrifi davomida hamkorlikning turli jihatlariga oid 8 ta shartnoma imzolandi. Hukumatlararo oʻzbek-isroil savdo-iqtisodiy komissiyasi ish boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000-yilda 27,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Isroil dastlabki yillarda Oʻzbekistondan, asosan, qimmatbaho toshlar, roʻzgʻor paxtasi, kigiz xarid qilgan boʻlsa, keyinchalik ularning yoniga paxta tolasi va gazlama, kimyoviy mahsulotlar ham qoʻshildi. Oʻzbekiston esa undan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qora metall, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar, optika apparatlari, qandolat mahsulotlari, kofe, choy, goʻsht va baliq mahsulotlari, sport anjomlari, doridarmon, oʻyinchoqlar xarid qiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin