1. Mazkur Nizom qoidalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishning kunduzgi bo‘limida (ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim bundan
mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qo‘llaniladi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim
muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-
01.02.2021
2961-сон 10.01.2018. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘…
https://lex.uz/ru/docs/-3497684
2/3
Moddiy qo‘llab-quvvatlash Ittifoq tomonidan talabaning o‘qishi uchun to‘lanadigan yillik to‘lov-
kontrakt miqdorining 35 foizini to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab-
quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda
to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat
komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan
talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega bo‘ladilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism
Qo‘mondonligining tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul
qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga mazkur Nizomda belgilangan moddiy
qo‘llab-quvvatlash imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: