4-bob. Moddiy yordam ko‘rsatish pulining qaytarilishi
18. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi
to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-
kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda Ittifoqning
Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy
g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning
Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.
19. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi
nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi
uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi
to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.
20. Talaba moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqidan voz kechsa, oliy ta’lim muassasasi talaba uchun
to‘langan mablag‘ni Ittifoqning Markaziy Kengashiga o‘n bank kuni ichida qaytaradi.
21. Mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Yoshlar Kengashi
Ittifoqning Markaziy Kengashini o‘n kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |