O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov- kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol


-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogarlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 129,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü129,53 Kb.
#40660
1   2   3   4   5   6   7
2961-1~1

2-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogarlarga qo‘yiladigan talablar

5.  Moddiy  qo‘llab-quvvatlashga  tavsiya  etilayotgan  talabaning  o‘rtacha  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichi

o‘rganilayotgan davrda (birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv yilining birinchi semestr natijalarini) 86 foiz va

undan yuqori bo‘lishi lozim. Bunda talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi o‘quv

fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan har bir semestrdagi o‘quv fanlarining umumiy

soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

6. Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi Yoshlar Kengashi (bundan buyon matnda Yoshlar Kengashi deb

yuritiladi) da’vogar talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda

da’vogar  talabalarning  quyidagi  asosiy  ko‘rsatkichlarini  (birinchi  bosqichdagi  da’vogar  talabalar  uchun  o‘quv

yilining birinchi semestr natijalarini) inobatga oladi:

da’vogar talabaning Ittifoq va oliy ta’lim muassasasi faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida

Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti, mahalliy va hududiy Kengashlari, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan

tashkil etiladigan loyiha va tadbirlaridagi faol ishtiroki;

da’vogar talabaning fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi natijalari;

da’vogar talabaning tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari;

da’vogar talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;

da’vogar talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (talabaning

oliy  ta’lim  muassasasida  belgilangan  ichki  tartib-qoidalariga  rioya  etmaganligi  yuzasidan  faqat  oliy  ta’lim

muassasasi rektori buyrug‘i asosida berilgan hayfsan Ittifoqning Yoshlar Kengashi tomonidan da’vogar talabani

moddiy qo‘llab-quvvatlashni rad etish uchun asos sifatida qabul qilinadi).

Da’vogar  talabalarning  asosiy  ko‘rsatkichlarini  baholash  mezonlari  Ittifoqning  Markaziy  Kengashi

tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.




Yüklə 129,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin