O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati. Kirish: asosiy qism


III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish



Yüklə 45,38 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü45,38 Kb.
#196847
1   2   3   4   5
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va davlatnin

III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish, shu jumladan:
a) mehnat bozoridagi aralashuvlar monitoringini kuchaytirish, mavjud dasturlarning ta'sirini baholashda Mehnat vazirligi qoshidagi Respublika ilmiy markazining salohiyatini oshirish, malakali kadrlarga bo'lgan talabni o'rganish, mehnat organlarining ish jarayonlarini baholash, dasturlarning benefitsiarlari o’rganishga qaratilgan chora-tadbirlar;
b) loyihaning barcha uchta komponentlarining monitoringini o’tkazish va boshqarish bo’yicha tadbirlar.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashyirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini keng joriy etishchora-tadbirlari .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi ko‘rsatilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va uning “Yagona reyestr” ATga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: a)2021-yil 1-aprelga qadar: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, tizimida umumta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat va nodavlat umumta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va uning “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ushbu yagona elektron ma’lumotlar bazasining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanishini to‘liq yakunlasin; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin;
b) 2021-yil 1-apreldan: Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga vasiylikka va homiylikka olingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali taqdim etishni ta’minlasin; davlat va nodavlat umumta’lim tashkilotlariga o‘quvchini o‘qishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar (o‘qishga qabul qilish, sinfdan sinfga o‘tkazish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishni tugatish va boshqalar) tegishli buyruqlar va boshqa hujjatlar faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentiga 2021-yil 1-apreldan boshlab ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va ularning bolalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar: tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimini ishlab chiqib, joriy etsin hamda uning “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin; ushbu tizimga davlat, nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ma’lumotlar doimiy ravishda kiritib borilishini ta’minlasin; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ushbu yagona elektron axborot tizimini JShShIR ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida oliy ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2021-yil 1-aprelga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba (o‘quvchi)lari to‘g‘risida hamda ularning o‘qish jarayoniga tegishli boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasining shakllantirilishini yakunlasin va “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2021-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba (o‘quvchi)larini o‘qishga qabul qilishdan boshlab ta’lim tashkilotini bitirguniga qadar (o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, akademik ta’til berish, talabalar safidan chiqarish va boshqalar) ushbu ta’lim tashkilotlarining tegishli buyruqlari va boshqa hujjatlari faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-aprelga qadar o‘z axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlasin.
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar barcha jismoniy shaxslarga JShShIR biriktirilishini hamda ushbu ma’lumotlarning Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini to‘liq yakunlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini sozligi yoki nosozligi bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va “Yagona reyestr” AT axborot tizimi bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
10. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvi doirasidagi ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Quyidagilar:
a) “Yagona reyestr” AT O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi qo‘shma ish rejasi asosida YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan berilgan grantlar hamda Jahon bankining kreditlari, shuningdek, ularning texnik va ekspert jihatidan qo‘llab-quvvatlashi hisobidan ishlab chiqilishi va joriy etilishi;
b) “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish uchun YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Development Pathways” ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan shartnoma tuzilganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil sentyabr — dekabr va 2021-yil yanvar oylarida mehnatga layoqatli ishsiz a’zosi mavjud bo‘lganligi sababli ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha rad etilgan murojaatlar avval taqdim etilgan arizalar asosida oila a’zosini tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish va boshqa ish bilan band bo‘lganligini avtomatik ravishda belgilash orqali qayta ko‘rib chiqilib, ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanganligi, shuningdek, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olishga taqdim etilgan arizalar 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
“Yagona reyestr” ATni “Development Pathways” ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniyadan 2021-yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich beg‘araz qabul qilib olish, keyinchalik uning texnik jihatdan faoliyatini ta’minlash va doimiy takomillashtirib borish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshirilishi;
“Yagona reyestr” AT imkoniyatlarini metodik jihatdan doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilansinki, “Yagona reyestr” AT Pensiya jamg‘armasi foydalanuvchisi hisoblanadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini “Yagona reyestr” AT orqali muntazam ravishda tahlil qilsin, zarur hollarda, oilalarni kam ta’minlangan deb e’tirof etish mezonlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha hududlar va tuman (shahar)lar kesimidagi tahlillar asosida ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini hududlar va tuman (shahar) mahalliy budjetlari kesimida rejalashtirish mexanizmini takomillashtirsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Sirdaryo viloyatining kam ta’minlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning 48-bandidagi “2020-yil 1-oktabrgacha” so‘zlari “2021-yil 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2021-yil 1-apreldan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 45,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin