12-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari
Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati Reja: 1.O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining tashkil topishi. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining faoliyati. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining tashkil topishi.Ikkinchi jahon urushidan so’ng butun dunyoda arxiv hujjatlariga o‘zgacha yondashish kuzatildi. Endilikda ularga ijobiy yondashish, arxiv madaniyati qonunlari bilan birga turli sohalardagi arxivlarni o‘zgacha bir obrazda gavdalantirish imkonini berdi. Bu esa arxivning demokratik shaklini yaratishga yordam beradigan va uni izlaydigan insonlar sonini ko‘paytirdi hamda ko‘plab insonlar o‘zlarining boshidan kechirgan va o’tmishi haqidagi hikoyalari bilan tarix zarvaraqlarini boyita boshladilar. Nazariyachi olimlar Lari Grossberg va Megan Morris ta’kidlab o‘tganidek, kundalik hayotimizga hamma narsaning bir zumda g‘oyib bo‘lib ketishdagi qo‘rquv hissi XXI asr uchun yangilik emas (arxiv hujjatlarini demokratlashtirish bundan mustasno emas edi). Ko‘pchilik olimlar esa og‘zaki tarixiy hikoyarning ma’lum vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirlana boshladilar. O‘z ilmiy izlanishlarini xotirlab Tina Camit ba’zi olimlarning hamma narsa arxiv tarzda hisobga olinishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini ta’kidlab o‘tadi (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.5.).
Har bir narsada nafaqat hozirgi davr va o‘tmish orasida balki tuzumning taqdiriga dahldor shaxslar va arxiv hujjatlari orasida ham qandaydir bir dinamik aloqalar mavjutdir. Olim Carolin Stedman arxiv hujjatlariga mavjud zamon xarakteri ruhiyati ham ta’sir qilishi mumkinligini takidlaydi. Sobiq tuzumda olib borilgan izlanishlar va undagi nazariyalar arxivning faqatgina oddiy manbaa emas, balki to’liq huquqli tarixiy aktyor vazifasini bajarishini ham isbotlaydi. Mustabid tuzum arxiv hujjatlari imperiya qudrati, bosib olib hukmronlik qilishi va gegemonlikni ko‘rsatib beruvchi oyna bo‘lib xizmat qiladi. Jorj Sanizares Esguerra va Diana Taylor ispan tilida so‘zlashuvchi turli mamlakatlarda tarixiy yozma manbaalarni jamiyatga qarshi olib borilgan nohaqliklar, noqonuniy hatti harakatlarni baholashga yordam berganligini ham ko‘rsatib beradilar (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.- P.5-6.). Arxiv hikoyalari faqatgina tarixdagi faktlarni dalil qilib ko‘rsatadigan manbaa emas, balki, u tanlab olingan jilolanib ishlov berilgan insonlarning haqiqiy hayoti aks ettirilgan asarlar to‘plami hamdir. Agar ko‘plab tarixchilar birgalashib arxivlar ustida ish olib bormasalar o‘z-o‘zidan ayonki tarix butunlay yo‘q bo‘lib ketishi boshqacha qilib aytganda tarix halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ular bizni aynan o‘tmish bilan bog‘lovchi bir ko‘prik vazifasini bajaradi (Antonina Burton.Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.- P.8.). 1960-yillar boshida sobiq Ittifoq miqyosida tibbiyot sohasini rivojlantirish, yuqumli kasalliklar tarixini o‘rganish, ularga qarshi kurashishni tashkil etish va ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida sovet hukumati tibbiyot hujjatlarini arxivda saqlash va qabul qilish ishlarini amalga oshira boshladi. 1962-yili tibbiyot arxivi birinchi bo‘lib O‘zbekistonda tashkil qilindi. Arxivga tibbiyot xodimi To‘xta Usmonov direktor qilib tayinlandi. Arxiv xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot sahasidagi tashkilotlarni boshqarib, ularning hujjatlarini qabul qilish va saqlashni nazorat qilish bilan birga uslubiy yordamlar ham ko‘rsatdi. 1965-yili arxivda texnik hujjatlar bo‘limi tashkil etilib, xodimlari soni 8 nafarga etdi. Ilmiy-texnikaviy hujjatlarning ahamiyati oshib borgani sababli arxiv 1965-yil 26-martdagi O‘zbekiston SSR Ministirlar Kengashining qaroriga binoan tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy Davlat arxiviga aylantirildi. Shundan so‘ng, ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari davlat saqloviga topshirishni tashkil qilish tartibli amalga oshirilib, shu yilning o‘zida hujjatlarning umumiy soni 30 mingga yetdi. 1980-yil 18-dekabrda O‘zbekiston SSR tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy davlat arxivi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi. Arxivda 1930- yillarga tegishli hujjatlardan tortib sovet davri va mustaqillik yillariga oid hujjatlar saqlanadi. 2009-yilda arxiv jamg‘armasiga jami 4354 ta; shundan 1501 ta boshqaruv; 1888 ta shaxsiy tarkib hujjatlari; 758 ta ilmiy va shaxsiy fond egalarining 207 ta hujjatlari qabul qilindi. 2004-yilda mazkur arxiv o‘zining yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Hozigi kunda arxivda 341 ta fond, 250000 ta saqlov birligiga ega. Bundan tashqari 500 ga yaqin turli korxona va tashkilotlarning shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.