Surxandaryo viloyati davlat arxivi. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (MIK) ning 19-noyabr va O‘zbekiston SSR MIKning 1934-yil № 16/86 va № 6 sonli qarorlariga asosan Termiz shahrida O‘zbekiston Markaziy arxiv boshqarmasining tumanlararo bo‘limlari tashkil etilgan. Ushbu bo‘limlarning Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sherobod va Termiz tumanlarida xizmat ko‘rsatishi bilglangan. Ushbu arxiv 1935-yil 21-dekabrda O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qaroriga asosan Surxandaryo viloyat Ijroiya Qo‘mitasining arxiv boshqarmasi deb qayta tashkil etilgan. O‘zSSR Oliy Sovet Prizidiumining 1941- yil 6-martdagi farmoniga asosan Buxoro viloyati tarkibidagi Surxandaryo viloyati ajralib chiqishi munosabati bilan Surxandaryo viloyat davlat arxivi tuzilgan. Surxandaryo viloyat davlat arxivida 1-yanvar 2010-yil holatiga ko‘ra 361 dona jamg‘arma mavjud bo‘lib, unda 148 808 ming saqlov birligidagi hujjat saqlanmoqda. Arxivda 1917-yildan hozirgacha bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, sud va prokrotura organlari, o‘kuv, madaniy va ma’rifiy muassasalar , kasaba uyushmalari, xalk ta’limi tashkilotlarning doimiy va uzoq muddatli saqlanadigan hujjatlari saklanmoqda. Ushbu hujjatlarda Surxandaryo viloyatining tarixi, madaniyati, qurilish, qishlok xo‘jaligi, mahalliy sanoat, xalq talimi bo‘limi sohalari aks etib, bosqichma-bosqich ko‘rsatkichlar asosida ifodalangan. Surxandaryo viloyat davlat arxivining quyidagi tumanlarda bo‘limlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda: Boysun, Shirobod, Angor, Muzrabot, Jarqurg‘on, Sho‘rchi, Denov, Uzun. Bugungi kunda Surxandaryo viloyat davlat arxivi Termiz shahri A.Temur ko’chasi 49-uyda faoliyat yuritadi. Toshknt viloyati davlat arxivi.1938-yil yanvar oyida Toshkent viloyatinig tashkil topishi munosabati bilan, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroya qo‘mitasi sovetlarining tashkiliy bo‘limi qoshida Toshkent viloyati arxiv bo‘limi boshqarmasi tashkil topdi. O‘zbekiston SSR Xalq Komissasrlari Sovetining 1940-yil 21-iyuldagi 1052- sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv boshqarmasi, Toshkent viloyati davlat arxiviga aylantirildi. 1943-yildan 1957-yilgacha Toshkent viloyati davlat arxivi O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Vazirligi boshqarmasining Toshkent viloyati bo‘linmalari qoshida faoliyat yuritdi. 1992-yildan boshlab Toshkent viloyati hokimligi tashkil topganligi sababli, Toshkent viloyati hokimligi arxiv bo‘limi deb ataldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 49-sonli qarori, Toshkent viloyati hokimligining 2004-yil 17-mart № 54 sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv bo‘limi, Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi. Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga qarashli Toshkent viloyati davlat arxivi va uning 6 ta filialida hozirgi kunda 593239 dan ortiq hujjatlar saqlanmoqda. Bugungi kunda Toshkent viloyat davlat arxivi Qibray tumani, Yangiobod q.f.y, Milliy bog’ 27 a-uyda faoliyat yuritadi.