Samarqand viloyati davlat arxivi. Samarqandda arxiv ishining tashkil etilishi 1921-yilda Turkiston ASSR Samarqand viloyati arxiv bo‘limining tashkil topishi bilan bog‘liq. Ushbu arxiv muassasasi 1925-yilda Samarqand viloyati arxiv byurosi, 1927-yilda Samarqand viloyati arxiv boshqarmasi deb nomlangan. 1940- yilda shu arxivlar bazasi asosida Samarqand viloyati davlat arxivi tashkil topgan. Samarqand viloyati inqilob jamg‘armasida 1917-yilgi inqilobga oid, mustabid tuzumning faoliyati, fuqarolar urushi, shuningdek, mahalliy xalqning sho‘rolar hokimiyatining o‘rnatilishiga qarshilik qiluvchi milliy ozodlik harakatlariga oid hamda Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishiga doir hujjatlar mavjud. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga oid jamg‘armada O‘zbekiston SSR 1924-1930-yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy holati, uning poytaxti bo‘lmish Samarqand va keyinchalik viloyatdagi sotsialistik qurilish haqidagi hujjatlar jamlangan. Shuningdek, iqtisodiy va sanoat ishlab chiqarish jamg‘armasida paxta yetishtirish, vinochilik, ipakchilik va boshqa sohalarga oid hujjatlar saqlanmoqda. Arxivning suratli hujjatlari ichida Bibixonim, Shohi Zinda, Xo‘ja Ahror masjidi, Ulug‘bek madrasasi, Temuriylar saroy arxiv hujjatlari saqlanmoqda. Bugungi kunda Samarqand viloyat davlat arxivi Samarqand shahri Ko’ksaroy maydonii 7-uyda faoliyat yuritadi. Sirdaryo viloyati davlat arxivi.Sirdaryoda arxiv ishining tashkil etilishi 1941-yili Toshkent viloyati davlat arxivining Mirzacho‘l bazasidagi faoliyati bilan bog‘liq. 1963-yili Sirdaryo viloyati tashkil etilgach, Sirdaryo viloyati davlat arxivi deb qayta nomlangan. Bu arxiv muassasasida saqlanayotgan qimmatli arxiv hujjatlari Mirzacho‘l tumani va shu yerning o‘zlashtirilishi tarixi, Sirdaryo viloyati hamda Guliston tarixiga oiddir. 2013-yil 14-iyun kuni Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat arxivi yangi binosi ochilishi marosimi hamda “Yosh arxivchilar assotsiatsiyasi”ning an’anaviy IV Forumi o‘tkazildi. Forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan 41 nafar ishtirokchilari tashrif buyurishdi. Forum yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari berildi. Arxiv muassasalarida xodimlar salomatligini asrash borasida jismoniy chiniqtirish va ularni sport o‘yinlariga jalb etish ishlari amalga oshirildi. Buning uchun davlat arxivlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan sport anjomlarini sotib olish va ulardan xodimlar extiyoji bo‘yicha foydalanish nazarda tutildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida arxiv xodimlarining salomatligini mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida may oyida boshqarmada Spartakiada o‘tkazildi. Navoiy viloyatida “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida arxiv muassasasi xodimlarining qiziqishiga qarab “Kurash”, “Shashka va shaxmat” kabi milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi va sport musobaqalariga jalb qilindi. Hozirda viloyat davlat arxivi Guliston shahri, Guliston ko‘chasida faoliyat yuritmoqda.