O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


O'zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə55/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

O'zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari. Bugungi kunda «Arxivlar to‘g‘risida»gi Qonunning «Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorlik» deb nomlangan 18-moddasini amalga oshirish, chet el ilg‘or ish tajribasini yoyish va respublikamizda arxiv ishini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish yo‘lida jahon miqyosida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Arxiv ishi sohasida tuzilayotgan davlatlararo bitimlarning ham o‘ziga xos ijobiy jihatlari mavjud. Jumladan, 2003-yil 21- mayda «O‘zbosharxiv» («O‘zarxiv» agentligi) bilan Rossiya Federal arxiv xizmati o‘rtasida tuzilgan bitimda har ikki mamlakatning arxiv ishini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan. Mazkur bitimning 2- moddasiga muvofiq, tomonlar Rossiya va O‘zbekiston arxiv fondlarini davlat tarixiga doir hujjatlar nusxasi bilan to‘ldirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi yoritilgan. Bitim davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda arxiv ishining boshqaruv vakolatli davlat organi, shuningdek, arxivlari oldida turgan ba’zi muammolarni hal etishda o‘z samarasini bermoqda.

2003-yil 6-iyunda Amerika Yodgorlik Kengashi «Xolokost» va uning Vashingtondagi muzeyi bilan tuzilgan bitim ham ikkiyoqlama hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot loyiha va dasturlarni amalga oshirishga mo’ljallangan. Bitimning asosiy maqsadi - «Xolokost» mavzuiga doir ma’lumotlar bilan almashish, «Xolokost» tarixini yorituvchi arxiv fondlaridagi hujjatlarni aniqlash, ta’riflash, o‘rganish va ro‘yxatini tuzishdir. Bunga javoban Amerika Yodgorlik Kengashi «Xolokost» ish jarayonidagi moliyaviy ta’minotni o‘z zimmasiga olish bilan bir qatorda AQSH arxivlarida saqlanuvchi O‘zbekiston tarixiga doir hujjatlar haqida ma’lumot berishi belgilab olingan.
2004-yil 24-26-may kunlari Toshkent shahriga Polsha Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Maykovski rahbarligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurgan edi. Shu yilning 25-mayida qabullar uyida (Tashqi ishlar vazirligi) arxiv materiallarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston - Polsha qo‘shma komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Polshadagi ikkala shtatda mahalliy aholi tarixini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan «O‘zarxiv» agentligi va Polsha davlat arxivlari bosh direktorlari axboroti tinglandi. Majlis davomida O‘zbekistondagi polyaklarning tarixiga oid 70% arxiv materiallari nusxalari Polsha vakillariga topshirildi. Majlis yakunida Bayonnoma qabul qilindi. Kelishuvga asosan arxiv sohasida davlatlararo bitim tuzishga kelishib olindi.
Yuqorida qayd etilgan bitimlar 5 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, ular imzolangan kundan kuchga kiritildi. Mazkur bitimlar respublika arxiv ishini rivojlantirishda o‘z samarasini bermoqda. Davlatlararo hamkorlikni
mustahkamlash doirasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovnomalarini bajarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Soha ilmiy-uslubiy tajribalari bilan almashinishda arxivchilarning xalqaro anjumanlarda ishtirok etishini aytib o‘tish mumkin.
2005-yil mayida axborot asoslari Polsha davlat arxivlari bosh direksiyasi va N. Kopernik nomli universitetning tarix fakulteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Arxivlar va noan’anaviy axborot asoslari» mavzuidagi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari arxivchilarining 11-xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Varshava shahridagi Skovronekovsk o‘qishlarida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi KSON MDA direktori D. T. Zokirova va bo‘lim boshlig‘i Z. Suleymanovalar kino, surat, ovozli hujjatlar xorijiy arxivshunosligi bilan tanishish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi. Anjuman davomida kino, surat, ovozli hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish kabi masalalarga oid amaliy maslahatlar ishlab chiqildi.
Mazkur tashabbus natijasida tashkil etilgan maxsus komissiya faoliyatining dastlabki bosqichi respublikamiz xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyati uchun qimmatli bo‘lgan hujjatlar, manbalar, san’at asarlari, madaniy ashyolarning qaysi mamlakatlarda saqlanayotganligini aniqlashga bag‘ishlandi. 2002-yildan boshlab ularning ayrimlarini mamlakatimizga qaytarib olib kelishga kirishildi. Buning uchun Rossiya, Angliya, Misr, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarga mutaxassislar yuborildi. Ulardagi ilmiy-ma’rifiy, madaniy-ma’naviy muassasalar hamda arxivlarda, jumladan, ixtisoslashgan harbiy, kino, foto va boshqa arxivlarda izlanishlar natijasida komissiya ishini tashkil etishga asos bo‘ladigan ma’lumotlar jamlandi.
Yurtimiz tarixiga oid noyob turli fond va hujjatlar Rossiya Federatsiyasida saqlanishini hisobga olib, komissiya dastlab ushbu yo‘nalishga e’tibor qaratdi. 2003- yil yanvar oyida komissiya a’zolari «O‘zbosharxiv» boshlig‘i, Maxsus komissiyaning kotibi N. N. Nigmatov va O‘zbekiston Respublikasi KSOH MDA bo‘lim mudiri Z. Suleymanovalar tomonidan Moskva shahridagi Rossiya kino foto va alohida fono hujjatlar davlat arxivlarida bo‘lib, Vatanimiz tarixiga doir 204 saqlov birligida kino, 1306 ta foto surat, 2687 ta fono (ovozli) hujjatlar borligini aniqlashdi. Ayni paytda ana shu manbalarning nusxalarini olib kelishning amaliy yo‘llari izlanmoqda.
2005-yil 27-29-sentyabrda Minsk shahrida o‘tkazilgan yana bir xalqaro ilmiy-amaliy seminarda MDH (Rossiya, Belarus, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston) va Boltiqbo‘yi (Latviya, Litva), Polsha davlatlari arxiv idoralari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir asosan, arxivshunoslik va ish yuritish sohasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish, elektron hujjatlar arxivlarini yaratish hamda elektron hujjat almashuvini tadbiq etish bo‘yicha muhim masalalarni hal etishga bag‘ishlandi.
Muhokama etilgan mavzular va namoyish etilgan texnologiyalardan arxivshunoslik va ish yuritish sohasida avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish, ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan axborot tizimlarini yaratish va joriy etish borasida MDH davlatlari orasida Belarus Respublikasining bir qator yutuqlari aytib o‘tildi. Tadbir so‘nggida uyushtirilgan davra suhbatida katta munozaralarga sabab bo‘lgan masala arxiv hujjatlarining kataloglarini yoki ularning elektron nusxalarini yaratish masalasi muhokama qilindi.
Belarus Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Arxiv- shunoslik va ish yuritish qo‘mitasida uyushtirilgan tashrif mobaynida ko‘mita raisi V. I. Amadushko va «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori A. X. Abdullaevlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida arxivshunoslik va ish yuritish sohasida O‘zbekiston va Belarus davlatlari hamkorligini rivojlantirish masalalari, ushbu soha bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va ularga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi qanday o‘zgarishlarga olib kelishi tahlil qilindi. Hamkorlik belgisi sifatida «O‘zarxiv» agentligiga Belarus arxivshunosligi va ish yuritish sohasidagi mavjud me’yoriy hujjatlarning elektron nusxalari taqdim etildi.
2009-yilning 28-oktyabr - 1-noyabr kunlari Armanistonning Erevan shahrida Xalqaro Arxivlar Kengashi “EVRAZIKA” bo‘limining 10-konferensiyasi va MDH davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaning kun tartibiga “EVRAZIKA” bo‘limiga a’zolar kvorumini aniqlash, muhokamaga kiritilgan masalalarni ma’qullash, yangi a’zolarni qabul qilish, bo‘limning ish rejasini borishi, 2009-yil 13-16 oktyabr kunlari Moskvada o‘tkazilgan “Elektron hujjatlarni saqlash muammolari” seminar-trening yakunlari, “Evro-Osiyo hududidagi davlatlarning arxivlarga oid qonunchiligi” ma’lumotlar bazasining yaratilishi borasida olib borilayotgan ishlar holati, bo‘lim rahbariyati tarkibidagi o‘zgarishlar va bo‘limning navbatdagi yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar kiritilib umumiy ma’qullangandan so‘ng o‘z ishini boshladi.
Konferensiya “EVRAZIKA” bo‘limiga “O‘zarxiv” agentligining a’zolikka qabuli marosimi bilan boshlandi. Bunda O‘zbekistondagi arxiv ishi sohasida olib borliayotgan islohotlar, mamlakat va hukumat rahbariyati tomonidan arxiv sohasiga berilayotgan e’tibor alohida ko‘rsatib o‘tildi.
Konferensiya tadbirlari doirasida “Arxiv hujjatlarining saqlovini ta’minlash sohasida yangi texnologiyalar” mavzusida davra suhbati (diskussiyalar) uyushtirildi. Davra suhbatida asosiy munozaralar elektron hujjatlarni saqlashdagi muammolar, ayniqsa axborot tashuvchi vositalarga oid masalalar keng muhokamadan o‘tkazildi. Bu yo‘nalishda qator tajribalarga ega sifatida Belorussiya elektron hujjatlar arxivi rahbarining ish tajribalari, shu jumladan O‘zbekistonda arxiv idoralarini axborotlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va jalb etilayotgan grantlar va boshqa moliyaviy vositalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Maslahat yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan Ukraina davlat arxivlar qo‘mitasi o‘rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolanishi marosimi o‘tkazildi. Bitimni O‘zbekiston tomonidan “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori A.X.Abdullaev, Ukraina tomonidan qo‘mita raisi O.P.Ginzburg imzoladilar.
Xalqaro Arxivlar Kengashi “EVRAZIKA” bo‘limining 2008-2012-yillar rejasiga muvofiq navbatdagi 11-konferensiya va MDH davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat yig‘ilishi 2010-yilda Odessa (Ukraina)da o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
2018-yil 18-20-aprel kunlari Tatariston shahrida arxivchilarga bag’ishlangan konfrensiya bo’lib o’tdi. U yerda Markaziy davlat arxivi xodimlari ham qatnashdilar. Konfrensiyaning maqsadi arxivlarni elektonlashtirish va u yerdagi qimmatli ma’lumotlarni ayriboshlash edi. Zamonaviy texnogen muhitda ananviy axborot vositalariga hujjatlarni saqlashni taminlash masalasiga etibor qaratildi. Shu yilning 16-may kuni “O’zArxiv” agentligi Bosh direktori va Rossiya Federasiyasining Sverdlovsk viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv doirasida o’zaro hamkorlikni kengaytirish va hujjatlarni almashlab foydalanish bo’yicha kelishib olindi.
2018-yil 11-13-mart kunlari “O’zArxiv” agentligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy arxiv hodimlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga rasmiy tashrif bilan bordilar. Mazkur tashrif 2018-yilda ikki davlat o’rtasida imzolangan arxiv sohasidagi hamkorlik Bayonnomasi doirasida uyushtirildi.
Turkiya arxivlari faolyati bilan tanishish va tajriba almashish amalga oshirildi. Bu arxivchilarimizning malakasini oshirishga juda katta yordam beradi. Buning natijasi o’laroq shu yilning 30-aprel kuni O’zbekiston va Turkiya o’rtasida arxiv sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida davlat arxivlari bosh direksiyasi direktori professor U.O’nal bilan O”zArxiv agentligi bosh direktori U.A’lamov bilan arrxivlar o’rtasidagi bayyonnoma imzolandi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston arxiv ishini rivojlantirishda jahon tajribalaridan foydalanish, malakaviy kadrlar bilan almashinish muhim ahamiyat kasb etadi. «Arxivlar to‘g‘risida»gi Qonun loyihasining muhokamasi paytida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov turli davr va tarixiy sharoitlarda vatanimizdan chetga olib ketilgan hujjatlar, moddiy-madaniy boyliklarning mamlakatimizga qaytarib olib kelish ahamiyatini alohida ta’kidlab, «O‘zbekiston tarixiga aloqasi bo‘lgan, yurtimizda yashayotgan insonlarning kechagi o‘tmishini izohlaydigan hujjatlarni aniqlab, ularni Vatanimizga keltirish uchun alohida komissiya tuzish lozim. Bu komissiya, zarur bo‘lsa, parlamentga yoki hukumatga taklif kiritishi, bir so‘z bilan aytganda, ushbu masalani biz davlat siyosati darajasiga ko’targan holda hal qilishimiz kerak», - degan edi.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin