rqv 11 a il 7. Мирзабаев А., Алимов И., Вайс М.Л. Архивы Узбекистана: краткий исторический очерк. - Тошкент, 1960. - 103 с. 2 - Mavzu: O’rta Osiyo hududidagi ilk arxivlar
Reja: O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv xujjatlarining topilishi.
Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi.
Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi. O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv xujjatlarining topilishi. Yozuv ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Insoniyat tarixida harflarga asoslangan yozuvga mil.av. II ming yillik oxirida finikiyaliklar asos solgan. Shu yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo‘lgan. Turon zaminda yashagan xalqlar ham, shu jumladan, o‘zbek xalqi behad ko‘hna yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar o‘z sistemasiga ko’ra, asosan, fonografik - harf-tovush yozuvidan iborat bo‘lgan. O‘rta Osiyoda ham arab yozuviga qadar yunon, oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan qadimgi baqtriya, xorazmiy, so‘g‘diy yozuvlari bo‘lganligi arxeologik manbalar asosida o‘z isbotini topmoqda.
Oromiy yozuvi qadimgi som (finikiy) yozuvi asosida paydo bo‘lgan konsonant (undosh) deb atalmish yozuv turidir. U mil.av. 1-ming yillik boshida yuzaga kelgan. Oromiy alifbosi faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan tashkil topgan. Oromiy yozuvida so‘zlar bir tik chiziq yoki nuqta bilan ajratib yozilgan. Keyinchalik esa so‘zlar o‘rtasida bo‘sh joy qoldirish yo‘li bilan ajratilgan. O‘rta Osiyoda oromiy xatining eng qadimgi namunasi mil.av V-IV asrga oid. Sopol idish - xum sirtiga bitilgan bu yozuv arxeolog olim M.Mambetullaev tomonidan Katta Oybuyirqal’a shahrini o‘rganish davomida topilgan. Mutaxassislar fikricha, bu xat bo‘lagi xorazm yozuvida emas, balki oromiyda bo‘lgan. Garchand shunday bo‘lsada, bu xat oromiy yozuvining Oks va Yaksart oralig‘idagi sarhadda tarqala boshlaganligining ilk namunasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi namunasida vujudga kelgan yozuvlardan yana biri baqtriya yozuvidir. Baqtriya yozuvi va tilining tarix, tilshunoslik va sharqshunoslik fanlariga kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi bilan bog‘liq. 1957 yilda shimoliy Afg‘onistonning Bog‘lon hududidagi Surxko‘tal deb nomlangan, Kushon podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi fanga baqtriya yozuvining o‘rganilish tarixini boshlab bergan edi. O‘zbekiston hududidagi eng dastlabki baqtriya yozuvlari 1962 yilda arxeolog B.Ya. Staviskiy rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Baqtriya yozuvi 25 ta harfdan iborat bo‘lib, chapdan o‘nga qarab o‘qiladi. Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar sirasiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa, Qoratepa, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Xotinrabot, Xayitobodtepa kiradi. Bu manzilgohlardan topilgan yozuv namunalari Baqtriya arxivi deb ataladi. Bu arxiv hujjatlari namunalari devorga, toshga, qayin po‘stlog‘iga, sopolga, yog‘ochga, haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan. Mintaqamizda mavjud bo‘lgan qadimgi yozuvlardan yana biri xorazm yozuvidir. Olimlar xorazm tilini osetin va sug‘d tillari bilan birgalikda hind-evropa tillarining qadimgi massaget va skiff (sak) tillari chatishishi natijasida vujudga kelgan “shimoliy eron” deb ataluvchi sak-sarmat guruhiga kiritishadi. Qadimgi xorazm tilini rus olimi V.A.Livshits sug‘d va shimoliy-sharqiy eron tillari oralig‘idagi o‘ziga xos til bo‘lib, uning Parfiya, Osetin va “Avesto” tillari bilan o‘zaro umumiyligi bor deb hisoblangan. Xorazm hududlari (quyi Amudaryo havzasi) da 1937-yildan boshlangan arxeologik qazishmalar davomida ko‘plab moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan bo‘lsada, biroq xorazm tili va yozuvini o‘zida aks ettiruvchi topilmalar miloddan avvalgi I-ming yillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan madaniy qatlamlarda arxeologlar tomonidan hanuzgacha qayd qilinmagan. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi bu humning sirtiga tushirilgan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. Bu yozuv namunasi Katta Oybo‘yir qal’a shahar harobasidan topilgan bo‘lib, u miloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV milodiy I asrlarga taalluqli Qo‘yqirilganqal’a yodgorligidan hum sirtiga bitilgan yozuv na’munasi topilib, u oromiycha osonlikcha o‘qiladigan xat bilan o‘yib yozilgan edi. Yozuv “Aspabarak” yoki “ Aspabadak” deb o‘qiladi. Shubhasiz bu so‘z eronchadir. So‘zning ot o‘zagi ham, fe’l o‘zagi ham, uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni “otda ketayotgan” yoki “otda minib turgan” (chavandoz) deb tarjima qilish mumkin. Umuman Qo‘yqirilganqal’a yozuvlarining xronologik chegarasi miloddan avvalgi III-asrga, eng so‘ngilari miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib kelgan. Shuningdek, arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal’a, To‘qqal’a va Misdaxkon shahar-qal’alaridan ham juda ko‘plab yozuv namunalari arxivi topilganki, qo‘lga kiritilgan boy yozuv yodgorliklari qadimgi Xorazmning arab istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik munosabatlari tarixini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi. Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida (Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimgi Sug‘diyonada qo‘llanilgan. Sug‘d yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi O‘zbekistonda Samarqand yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan. Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar, asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII -VIII asrlarda sug’dlar o‘z alifbolarini 23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12- harfning takroridan iborat bo‘lgan. IV asrning boshlarida ayrim harflar chiqib ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga o‘xshash shaklda yozila borishi natijasida bir harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan. Umuman olganda, O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi ilk yozma hujjatli ma’lumotlar majmuasini, ya’ni arxiv hujjatlari kolleksiyasiga: qadimgi Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan Divashtich arxivi kiradi.