O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə4/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Fanning ahamiyati. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani yoshlarga xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu fan yoshlarni moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro yetib tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlab o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. - T.: “Sharq”, 1998. - B. 8-9).
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning davlat va jamiyat ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish va jamoatchilikni arxiv ishi tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi.
Fanning ob’ekti va pretmeti. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani tadqiqot ob’ektiga yurtimizdan topilgan yog‘och, suyak, teri, xum sirtiga va qog‘ozga yozilgan ilk arxiv hujjatlari, o‘rta asr kutubxona-arxivlar haqida ma’lumot beruvchi manbalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini tashkil etuvchi arxiv hujjatlari, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar, mikrofilm va boshqa manbalar kiradi.
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani davlat taraqqiyoti va inqirozining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda bir butunlikda arxiv hujjatlari asosida o‘rganadi. U O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrdan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiyat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning
o‘rganish pretmetiga esa, manashu makondagi jamiki xilma-xil voqea hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi hamda jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin