Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar
belgilab olindi:
- O’zbekiston Respublikasining moliyaviy qonunlari va bank-moliya
tizimini tadqiq qilish hamda o’rganish va moliyaviy islohatlarning o’tkazishning
muhimligini asoslash;
- O’zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirishning mavjud
imkoniyatlarini aniqlash;
- Banklarning kreditlash tizimida tutgan iqtisodiy o’rnini aniqlash va uning
asosiy tuzilmalarini ko’rib chiqish;
- Bank tizimi faolyatini tahlil qilish, iqtisodiy mohiyatini o’rganish ularni
xorijiy tajriba bilan solishtirish.
Kurs ishining obyekti
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti
bank tizimida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini
xorijlik yetakchi olimlarning
bank tizimiga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari
tashkil etadi.
4
Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi
bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilish
va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba'zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki,
bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirmaydi. Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan
o'xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z
asoschilari-aksionerlarning
manfaatlarini,
ikkinchidan,
o'z
mijozlarining
manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining
asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga
xizmatlarini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy
bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi.
Bank tizimi orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni boshqarishning
moliyaviy sohasida markaziy bo’g’in sifatida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida
hukumron mavqega ega bo’lgan, tovar, pul muomalasini boshqarish va u orqali
tushum xo’jalik faoliyatini boshqarish muammosini olg’a suradi.
Shu sababli banklar, moliya - kredit jarayonlarini boshqarish markazlari
sifatida faqat bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ahamiyatlarini to’la namayon
etadilar, moliyaviy tizimni markaziy bo’g’iniga, pul muomilasini tashkil qilish,
uning barqarorligini ta’minlashning bosh sifatchisiga aylanadilar.
Shuni unutmaslik kerakki, banklar orqali pul saqlaydigan joy, uni
tarqatadigan yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iqtisodiyotni boshqarish va
tuzilmaviy siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday
siyosatni moliya, kapital zaxiralarini qayta taqsimlash yo’li bilan ustivor
yo’nalishlarda bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar yaratiladi. Banklar
5
endi mablag’larni moliyaviy resiruslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va
samara beradigan markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yo’naltiriladi.
Kreditlashtirish borasida puxta o’ylanmagan siyosat yurtimizning su’niy
ravishda o’rnatilgan past foiz stavkalari, mablag’larini havoga sovirishga, davlat
byudjetida katta kamomadlarga va oxir oqibatda halokatga inflyatsiyaga olib
keladi. Bularning hammasi mamlakatning qashshoqlashuviga olib keladi. Mashhur
multimellioder Genri-Fordning fikriga ko’ra, “qashshoqlik ko’p jihatdan uning
yuklarini joydan-joyga tashish tufayli sodir bo’ladi. Uzluksiz yotayotgan qor
uyumi kabi, katta pul to’dasini hech bir maqsadsiz joydan-joyga ko’chirish va
bunda tobora qashshoqlashib borayotganini sezmaslik mumkin”
2
.
Demak, zamonaviy bozor munasabatlariga asoslangan bank tizimini yaratish
bozor islohatlarini, iqtisodiy qayta qurishni asosiy yo’nalishidir. Chunki, hozirgi
zamonda samarali faoliyat yuritayotgan bank tizimiga ega bo’lmasdan turib,
samarali ishlaydigan iqtisodiyotni yaratib bo’lmaydi.
Bank tizimiga banklardan tashqari ayrim iqtisoslashgan moliyaviy institutlar
ham kiradi. Ular bank maqomiga ega bo’lmaslarda, bank operatsiyalarini amalga
oshiradilar. Bundan tashqari bank tizimiga bank infratuzilmasini tashkil qiluvchi,
pul kredit institutlarining ish faoliyatini ta’minlovchi boshqa muassasalari ham
kiradilar.
Banklar mohiyati qanchalik bir xil bo’lmasin, mol sotishda ularning ko’p
turlari faolyat oli b boradi. Eng avvolo emissiya kerak. Emissiya banklar naqd pul
belgilarini muomalaga chiqaruvchi markaziy banklardan iborat.
Bajaradigan operatsiyalarining harakatiga qarab, universal va ixtisoslashgan
banklarni farqlanaadi. Universal bank bir o’zi mijozlarga rang- barang operatsiya
va xizmatlarni ko’rsatishga qodir bo’ladi. Universallikning boshqa qirralari ham
bor, u faolyatni cheklanmaganligini ham bildirish mumkin.
Bunday bank faolyatini xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha xizmat
ko’rsatadigan mijozlarning tarkibi operatsiyalar soni va hajmi, hamda mintaqalar
boyicha ham xizmat doirasi chegaralanmagan bo’ladi. Ya’ni universal bank
2
www.ford.com/Brief history of the Company.
6
ko’pchilik tarmoqlarda kredit bersa, ixtisoslashgan bank ko’pincha xalq
xo’jaligining bir tarmog’i yoki tarmoqchasiga korxonalar turkumiga xizmat
ko’rsatadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lmagan mamlakatlarda bank
tiziming o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bank tizimi tushunchasi oddiygina talqin qilganda, u o’z ichiga banklar va
bankka xos funksiyalarini bajaruvchi nobank muassasasalarini oladi.
Tashkiliy jihatdan bir bo’g’inli va ikki bo’g’inli bank tizimlari mavjud.
Rivojlangan davlatlarda ikki darajali bank tizimi mavjud bo’ladi. Unda birinchi
bo’gin Markaziy banklar bo’lib, ular mamlakatdagi pul muomalasini tashkil va
nazorat qilish rolini bajaradilar.
Ikkinchi bo’ginda esa o’zlari mustaqil bo’lgan, ammo, Markaziy bank
nazorati ostida faolyat olib boruvchi tijorat va ixtisoslashgan banklar hamda
banklarga xos funksiyalarni bajaruvchi nobank muassasasalar kiradi.
Bir bo’g’inli tizimda Markaziy va tijorat banklari bir xil darajada teng
huquqli agentlar rolini bajaradilar, ya’ni barcha banklar davlatning banki bo’lib,
Markaziy bank bo’limlari sifatida ish olib boradilar. Bunday tizim iqtisodi
rivojlangan totalitar rejimlar hukmronlik qilayotgan mamlakatlarga qodir.
Bank tizimi xususiyatlari haqida biz yuqorida ta’kidlab, uning asosiy
elimenti bo’lgan banklar va ularning turlari haqida umumiy tushunchalar bergan
edik. Rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga xos bo’lgan yana bir xususiyati
shundaki ularda banklar bilan bir qatorda bank bo’lmagan ammo banklarga xos
funksiyalarni bajaruvchi ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari va pochta
jamg’arma institutlari ham va mavjud bo’ladi. Bunday moliyaviy tashkilotlarda
bo’sh bank tizimi deyiladi. Ular ma’lum toifadagi mijozga, odatda bir yoki ikkita
o’ziga xos moliyaviy xizmat turini taklif qiladilar. Ularning faolyati ko’pincha
moliyaviy bozorning kichikroq bir segmentiga qaratilgan bo’ladi.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul
munosabatlarning o’sib takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va
ko’rsatadigan xizmatlari ko’lamining kengayib borishiga olib kelgan. Davlat,
7
jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va
jamiyat a’zolarining pul mablag’lariga bo’lgan talablarini qondirgan holda
davlatning iqtisodiy jihatdan o’sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida
banklar o’rtasida ular bajaradigan funksiya va operatsiyalar ko’lami taqsimlana
borgan, ya’ni davlat tomonidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faolyat
ko’rsatuvchi banklar alohida jamiyat a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki
yuqoridagi ikki yo’nalishi ham o’zida mujassamlashtirilgan banklar shakllana
borgan
3
.
Hozirgi zamonda umuman qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali bank
tizimi xizmat qiladi va u quyidagi tarmog’ni o’z ichiga oladi (1-rasm):
1. Markaziy bank
2. Tijorat bank.
Dostları ilə paylaş: |