O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari


Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar 
belgilab olindi: 
- O’zbekiston Respublikasining moliyaviy qonunlari va bank-moliya 
tizimini tadqiq qilish hamda o’rganish va moliyaviy islohatlarning o’tkazishning 
muhimligini asoslash;
- O’zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirishning mavjud 
imkoniyatlarini aniqlash; 
- Banklarning kreditlash tizimida tutgan iqtisodiy o’rnini aniqlash va uning 
asosiy tuzilmalarini ko’rib chiqish;
- Bank tizimi faolyatini tahlil qilish, iqtisodiy mohiyatini o’rganish ularni 
xorijiy tajriba bilan solishtirish. 
Kurs ishining obyekti 
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi hisoblanadi. 
 
Kurs ishining predmeti
 
bank tizimida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlardan iborat. 
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini 
xorijlik yetakchi olimlarning 
bank tizimiga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari 
tashkil etadi.
 



Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari 
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi 
bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilish 
va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida 
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba'zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki, 
bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshirmaydi. Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan 
o'xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z 
asoschilari-aksionerlarning 
manfaatlarini, 
ikkinchidan, 
o'z 
mijozlarining 
manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat. 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining 
asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga 
xizmatlarini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy 
bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi.
Bank tizimi orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni boshqarishning 
moliyaviy sohasida markaziy bo’g’in sifatida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida 
hukumron mavqega ega bo’lgan, tovar, pul muomalasini boshqarish va u orqali 
tushum xo’jalik faoliyatini boshqarish muammosini olg’a suradi.
Shu sababli banklar, moliya - kredit jarayonlarini boshqarish markazlari 
sifatida faqat bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ahamiyatlarini to’la namayon 
etadilar, moliyaviy tizimni markaziy bo’g’iniga, pul muomilasini tashkil qilish, 
uning barqarorligini ta’minlashning bosh sifatchisiga aylanadilar.
Shuni unutmaslik kerakki, banklar orqali pul saqlaydigan joy, uni 
tarqatadigan yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iqtisodiyotni boshqarish va 
tuzilmaviy siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday 
siyosatni moliya, kapital zaxiralarini qayta taqsimlash yo’li bilan ustivor 
yo’nalishlarda bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar yaratiladi. Banklar 



endi mablag’larni moliyaviy resiruslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va 
samara beradigan markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yo’naltiriladi.
Kreditlashtirish borasida puxta o’ylanmagan siyosat yurtimizning su’niy 
ravishda o’rnatilgan past foiz stavkalari, mablag’larini havoga sovirishga, davlat 
byudjetida katta kamomadlarga va oxir oqibatda halokatga inflyatsiyaga olib 
keladi. Bularning hammasi mamlakatning qashshoqlashuviga olib keladi. Mashhur 
multimellioder Genri-Fordning fikriga ko’ra, “qashshoqlik ko’p jihatdan uning 
yuklarini joydan-joyga tashish tufayli sodir bo’ladi. Uzluksiz yotayotgan qor 
uyumi kabi, katta pul to’dasini hech bir maqsadsiz joydan-joyga ko’chirish va 
bunda tobora qashshoqlashib borayotganini sezmaslik mumkin”
2

Demak, zamonaviy bozor munasabatlariga asoslangan bank tizimini yaratish 
bozor islohatlarini, iqtisodiy qayta qurishni asosiy yo’nalishidir. Chunki, hozirgi 
zamonda samarali faoliyat yuritayotgan bank tizimiga ega bo’lmasdan turib, 
samarali ishlaydigan iqtisodiyotni yaratib bo’lmaydi.
Bank tizimiga banklardan tashqari ayrim iqtisoslashgan moliyaviy institutlar 
ham kiradi. Ular bank maqomiga ega bo’lmaslarda, bank operatsiyalarini amalga 
oshiradilar. Bundan tashqari bank tizimiga bank infratuzilmasini tashkil qiluvchi, 
pul kredit institutlarining ish faoliyatini ta’minlovchi boshqa muassasalari ham 
kiradilar.
Banklar mohiyati qanchalik bir xil bo’lmasin, mol sotishda ularning ko’p 
turlari faolyat oli b boradi. Eng avvolo emissiya kerak. Emissiya banklar naqd pul 
belgilarini muomalaga chiqaruvchi markaziy banklardan iborat.
Bajaradigan operatsiyalarining harakatiga qarab, universal va ixtisoslashgan 
banklarni farqlanaadi. Universal bank bir o’zi mijozlarga rang- barang operatsiya 
va xizmatlarni ko’rsatishga qodir bo’ladi. Universallikning boshqa qirralari ham 
bor, u faolyatni cheklanmaganligini ham bildirish mumkin.
Bunday bank faolyatini xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha xizmat 
ko’rsatadigan mijozlarning tarkibi operatsiyalar soni va hajmi, hamda mintaqalar 
boyicha ham xizmat doirasi chegaralanmagan bo’ladi. Ya’ni universal bank 
2
www.ford.com/Brief history of the Company. 



ko’pchilik tarmoqlarda kredit bersa, ixtisoslashgan bank ko’pincha xalq 
xo’jaligining bir tarmog’i yoki tarmoqchasiga korxonalar turkumiga xizmat 
ko’rsatadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lmagan mamlakatlarda bank 
tiziming o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bank tizimi tushunchasi oddiygina talqin qilganda, u o’z ichiga banklar va 
bankka xos funksiyalarini bajaruvchi nobank muassasasalarini oladi.
Tashkiliy jihatdan bir bo’g’inli va ikki bo’g’inli bank tizimlari mavjud. 
Rivojlangan davlatlarda ikki darajali bank tizimi mavjud bo’ladi. Unda birinchi 
bo’gin Markaziy banklar bo’lib, ular mamlakatdagi pul muomalasini tashkil va 
nazorat qilish rolini bajaradilar. 
Ikkinchi bo’ginda esa o’zlari mustaqil bo’lgan, ammo, Markaziy bank 
nazorati ostida faolyat olib boruvchi tijorat va ixtisoslashgan banklar hamda 
banklarga xos funksiyalarni bajaruvchi nobank muassasasalar kiradi.
Bir bo’g’inli tizimda Markaziy va tijorat banklari bir xil darajada teng 
huquqli agentlar rolini bajaradilar, ya’ni barcha banklar davlatning banki bo’lib, 
Markaziy bank bo’limlari sifatida ish olib boradilar. Bunday tizim iqtisodi 
rivojlangan totalitar rejimlar hukmronlik qilayotgan mamlakatlarga qodir.
Bank tizimi xususiyatlari haqida biz yuqorida ta’kidlab, uning asosiy 
elimenti bo’lgan banklar va ularning turlari haqida umumiy tushunchalar bergan 
edik. Rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga xos bo’lgan yana bir xususiyati 
shundaki ularda banklar bilan bir qatorda bank bo’lmagan ammo banklarga xos 
funksiyalarni bajaruvchi ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari va pochta 
jamg’arma institutlari ham va mavjud bo’ladi. Bunday moliyaviy tashkilotlarda 
bo’sh bank tizimi deyiladi. Ular ma’lum toifadagi mijozga, odatda bir yoki ikkita 
o’ziga xos moliyaviy xizmat turini taklif qiladilar. Ularning faolyati ko’pincha 
moliyaviy bozorning kichikroq bir segmentiga qaratilgan bo’ladi.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul 
munosabatlarning o’sib takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va 
ko’rsatadigan xizmatlari ko’lamining kengayib borishiga olib kelgan. Davlat, 



jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va 
jamiyat a’zolarining pul mablag’lariga bo’lgan talablarini qondirgan holda 
davlatning iqtisodiy jihatdan o’sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida 
banklar o’rtasida ular bajaradigan funksiya va operatsiyalar ko’lami taqsimlana 
borgan, ya’ni davlat tomonidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faolyat 
ko’rsatuvchi banklar alohida jamiyat a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki 
yuqoridagi ikki yo’nalishi ham o’zida mujassamlashtirilgan banklar shakllana 
borgan
3
.
Hozirgi zamonda umuman qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali bank 
tizimi xizmat qiladi va u quyidagi tarmog’ni o’z ichiga oladi (1-rasm): 
1. Markaziy bank
2. Tijorat bank.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin