12
O’zbekistonda bank tizimining shakllanish bosqichlari
Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari
tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham
kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va
bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini
moliyalashga o’tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan
kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z
ichiga oladi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini
tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan
va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank
tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi
Qonuni
6
asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat
bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish,
tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari
yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat
qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki,
6
O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://lex.uz/acts/-2681
13
tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish
mumkin.
O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy
valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining
xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini
takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-
tadbirlari to’g’risida»gi qarori
7
, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi
8
va 1996 yil 25 aprelda «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank
tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy
poydevor yaratdi.
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda
maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta
kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000
yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish
va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar
faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat
banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24
aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh
qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari
muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini
isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini
7
O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://www.lex.uz/docs/-
270371
8
O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://lex.uz/acts/-72266
14
isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul
qilindi.
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning
boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan
tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9
ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi,
mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada
rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va
uning asosiy xususiyatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga
bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali
791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan
bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari,
yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga
yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari
450 mlrd. so’mga yetdi.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes
subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik
subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4
ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit
419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni
tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni
tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu
bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga
oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha
so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
15
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Shu asosda Respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi
davom etmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
qarori muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |