Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi .
Istiqlolga erishganimizdan so’ng, bank tizimida ham sezilarli darajada
o’zgarishlar yuzaga keldi.
Mamlakatimizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari
sharoitidagi ob’yektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklar foalyatini
uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar
bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini
ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu sohani
rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Biroq shuni tan olish lozimki mamlakatimiz bank tizimi yetarli darajada
rivojlanmagan. Bu kabi fikrlar prezidentimi Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ham bir
necha bor ta’kidlab o’tilgan. Xususan, Prezidentimiz o’z nutqlarida “Endi banklar
resurs jalb etish bo’yicha "o’z aravasini o’zi tortishi” kerak. Shundagina bozor
sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana
oladi” degan edilar
1
.
O’zbekiston bank tizimi o’z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda.
Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o’zgarishlar, umuumiqtisodiy vazifalarni hal
etishda banklarning faoliyati va ta’sirining o’sishi bilan bog’liq. Chunki kredit va
moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal
qiluvchi bo’g’ini bank tizimidir.
O’zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo’nalishlaridan biri bo’ladi.
Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini
belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi Respublikada bank tizimini rivojlantirish va ularni
takomillashtirish yo’nalishlariga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 25 oktyabr kuni “Bank tizimini isloh qilish va
banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishidan. 2019 yil 25
oktyabr. https://president.uz/oz/2961