O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari


-rasm. Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

4-rasm. Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion 
kreditlar to’g’risida ma’lumota
18
 
Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik 
yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilda 38,8 
trln. so’m yoki 2017 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko’p investitsion kreditlar 
ajratildi (4-rasm).
Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni 
rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan 
loyihalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta'minlashga qaratildi. 
Bu ham o’z navbatida tijorat banklarining kichik va xususiy tadbirkorlik 
sub'ektlarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan muhim iqtisodiy va 
moliyavi y strategiyalarining samarali tatbiq etilayotganligidan dalolat beradi. 
Biroq, eksport va importda, xususan eksport yo’nalishida xususiy sektorning ulushi 
kichik raqamlarni ko’rsatib turibdi. Aynan ana shu masalada, ya'ni kichik va 
18
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz - 
https://cbu.uz/oz/statistics/financing/73901/ 


36 
xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlari 
ko’rsatish borasida tijorat banklari ma'lum darajada oqsoqlanib borayotgan bo’lib, 
ularning bu boradagi faoliyatini takomillashtirishga davlat tomonidan muhim 
darajada e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishda 
asosan quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor berish maqsadga muvofiq. 
Chunki ushbu holatlar bank tizimining rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
I. Banklar. Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan banklar 
soni 30 tani tashkil etadi hamda ulardan 13 tasi davlat kapitali ishtirokidagi, 17 tasi 
davlat kapitali qatnashmagan banklar hisoblanadi. O’zbekiston Banklar 
Assosatsiyasining rasmiy saytida (uba.uz) Ahbor Reyting tomonidan tuzilgan 
reytingda faqatgina 22 ta bank reyting ma’lumotlari keltirilgan hamda ular uzB 
reytingidan uzA+ reyting natijasigacha baholangan. Bunda 2 ta uzB, 1 ta uzB+, 1 
ta uzB++, 8 ta uzA, 10 ta uzA+ baholar qayd etilgan. Ro’yhatga kiritilmagan 
banklar (Milliy bank, O’zAgroEksport bank, Madad Invest bank, Davr bank, 
Hamkorbank, Saderat bank) faoliyati haqida hech qanday ma’lumotlar 
keltirilmagan. Banklarga nisbatan ishonchni oshirish uchun barcha banklar uchun 
reyting natijalarini hamda qaysi nisbatlarga ko’ra reyting tuzilishi haqida ma’lumot 
(bunday ma’lumotni assosatsiya saytidan topa olmadim) berib borilsa, maqsadga 
muvofiq bo’lmasmidi?
II. Banklarning veb saytlari. Faoliyat yuritayotgan 30 ta bankning har biri 
o’z rasmiy veb saytiga ega. Saytlarda asosan 3 tilda ma’lumotlar berib boriladi, 
ammo aholining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashuvchi davlatda faoliyatini olib 
borayotgan ko’p banklar saytlarida o’zbek tilidagi kontentga e’tibor ikkinchi 
o’rinda qolib ketmoqda. Axborot asri deb atayotganimiz XXI asrda har kim bank 
haqidagi ma’lumotlarni bemalol internet orqali olish imkoniyatini yaratish mijozlar 
va investorlar uchun qulaylik yaratadi. Saytlarda berilgan ma’lumotlarni o’rganish 
davomida ma’lum bo’ldiki, 80% saytlarda “Bank Nizomi” joylashtirilgan, nizomda 
bank kapitali, aksiyalar soni va aksiyadorlar haqida ma’lumot berilgan. Saytlardagi 
aksiyadorlarga degan bo’limda esa qiziq bir holatga duch keldik. Ba’zi saytlarni 


37 
hisobga olmaganda 90% saytlarda yaqin yillarda aksiyaga to’langan divedent 
haqida ma’lumotlar mavjud emas. Ochiq va aniq ma’lumotlarni saytga 
joylashtirish, bo’lajak investorlar uchun sarmoya kiritishga turtki bo’lishi hamda 
bank kapitalini oshishiga olib kelishi mumkin edi deb hisoblayman. Ishonasizmi, 
yo’qmi, saytlarda “Ochiq ma’lumotlar” bo’limi bor, ammo bu yerdagi ahvol ham 
qoniqarli darajada emas. Hukumatning “Ochiq ma’lumotlar” portalidagi 
(data.gov.uz) holat esa, banklar oshkoralikdan qo’rqadi degan taassurot uyg’otadi. 
Bu borada O’zR Markaziy banki ham qolgan banklarga ibrat bo’la olmaydi. 
Demak, “Baliq boshidan” degani ayni haqiqat deb qo’ya qolamiz.
III. Omonotlar. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan omonat turlari 
o’rganilganda, omonotlardan o’rtacha daromad miqdori yillik 10-17%ni tashkil 
etmoqda. Ravnaq bank va Invest Finance Bank (Infinbank)da esa 20%gacha taklif 
etishmoqda. Kelajak avlodni o’ylab qilinayotgan ishlarni ham unutishmagan, yosh 
avlod uchun 14-16 yoshga kirguncha maxsus omonat turlari yillik 12-14%lik 
daromad bilan taklif etilmoqa. Ammo ipoteka kreditlari uchun kiritilgan badal 
pullariga hisoblanadigan daromadlarni (ba’zi banklarni hisobga olmasa, asosiy 
qismi yillik 5% daromad taklif etmoqda) ko’rib, jimgina yoqangizni tishlab qo’ya 
qoling. Omonatlarning asosiy qismi qisqa muddatli ya’ni 1 oydan 12 oygacha 
bo’lgan muddatli omonatlar hisoblanadi. Banklar tomonidan ayrim omonat turlari 
uchun mablag’ qabul qilishda naqd va plastik shaklida cheklovlar mavjud. Uzoq 
muddatli omonatlar (jamg’arma) uchun esa yillik daromad stavkasi odatda 
0.01%ni tashkil etmoqda. Bunday antiqa takliflar tufayli xalq o’z mablag’ini 
banklarga omonatga qo’yadi deb o’ylay olasizmi?
IV. Kreditlar. Banklar tomonidan asosan 4 turdagi kredit xizmatlari 
ko’rsatilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun 1. Iste’mol krediti 2. Ipoteka krediti 3. 
Avtokredit 4. Ta’lim krediti. Iste’mol kreditlari uchun yillik ustamalar 20-24%ni, 
beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining (EKIH) 100 barobarigacha 
bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda. Ta’limni rag’batlantirish uchun ta’lim kreditlari 
taklif etayotgan banklar, kredit muddatini bakalavr uchun 5-10 yil, magistr uchun 
esa 3-5 yil chegarasida, kredit ustamasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy 


38 
banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida (hozirgi vaqtda 16%) belgilashgan. 
Ipoteka kreditlari 10 yildan 15-yilgacha bo’lgan muddatda berilmoqda. Kredit 
sohasida o’zbek banklari uchun yangilik bo’lgan avtokreditlar ham banklar 
tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ayrim banklar sotib olinayotgan avtomobilning o’zini 
garov sifatida olsa, ayrim banklar esa qo’shimcha garov manbalarini ham 
so’rashmoqda. Avtokreditlar uchun boshlang’ich badal miqdori o’rtacha 25-
40%ni, yillik ustama esa 20%dan 28%gacha tashkil etmoqda. Hukumat tomonidan 
aholining kam ta’minlangan qatlamining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga 
qaratilgan, xalq tilida “imtiyozli kredit” deb atalayotgan, miqdori EKIHning 100 
barobarigacha hamda yillik ustamasi 8%ni tashkil etadigan kredit borasida olib 
borilgan surishtiruvlar shuni ko’rsatdiki, Mikrokreditbank xodimining aytishicha 
“Bu kredit hozirgi vaqtda test rejimida amalga oshirilmoqda va har bir mahalladan 
2 kishi olishi mumkin. Kafil bo’lganda kredit miqdori EKIHning 50 barobarigacha, 
garov ta’minoti taqdim etilsa, 9200000 so’mgacha berilmoqda. Ayni damda 
EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan yillik 7% ustamali kredit taqdim 
etilmayabdi”. Bank xodimi nima sababdan EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan 
miqdordagi kredit berilmayotganligi sababini ochiqlamadi.
V. Xizmat ko’rsatish. Banklarning xizmat ko’rsatish tartibiga alohida e’tibor 
berib o’tsak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yaqinda qabul qilingan 
qaroriga asosan, hozirgi kunda banklarga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni 
talab etish hollariga chek qo’yildi. Bir necha marotaba banklarda plastik kartalar 
orqali to’lov qilganimda pasportim nusxasini hamda plastik egasi kimligini ham 
so’rashmadi. Bu o’z navbatida bank mijozlari uchun qulaylik hisoblanadi. Xorijiy 
valyutalarni almashtirish shahobchasi ish kunlarining va ish vaqtining 
ko’paytirilishi ham bank muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
Banklar tomonidan o’z mobil ilovasining ishlab chiqarilishi va turli to’lovlarni 
amalga oshirish imkoniyatining berilishi banklarning yutuqlari deb bemalol 
aytishimiz mumkin. To’lov borasida plastik va naqd shakl uchun ba’zi holatlarni 
e’tiborga olmaganda, tavofutlar, cheklovlar kuzatilmayabdi. Ammo ayrim 
banklarda to’lov topshiroqnomalarini bajarish hamda to’lovchiga to’lov 


39 
qaydnomasi berishda hali hanuz kamchiliklar uchrab turibdi. Shaxsan guvohi 
bo’lganim, Mikrokreditbank, Agrobanklarning ayrim hududiy filiallari tomonidan 
to’lov qaydnomalari 1 ish kunidan keyin berilmoqda. Natijada mijoz yana 
qimmatli vaqtini yo’qotib, to’lov qaydnomasini olish uchun borishga majbur 
bo’lmoqda. Ushbu holat, Xalq banki, Ipak Yo’li banklarida yaxshi yo’lga 
qo’yilgan, to’lov amalga oshirilgan zahoti, to’lov qaydnomasi mijozga taqdim 
etiladi. Yana bir og’riqli tomoni, mijoz to’lov topshiroqnomasi uchun maxsus 
blankani ko’p hollarda qo’shimcha mablag’ evaziga sotib olmoqda, xolbuki, bank 
o’z mijozlarini tekinga to’lov topshiroqnomalari bilan ta’minlasa, mijoz uchun 
qo’shimcha qulaylik yaratgan bo’lmaydimi? Xorijiy davlatlardan xalqaro pul 
o’tkazish xizmatlari orqali yurtimizga jo’natilgan mablag’larni olishda bank 
xodimlari tomonidan “ustama haqlar” o’rnatilish holatlari ham bank xizmatlaridan 
foydalanishga teskari ta’sir ko’rsatmoqda. 
 
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib 
turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari 
(Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga 
qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo’lgan bank 
omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, 
xususiy banklarda bu ko’rsatkich 100% ga teng
19
.
Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank 
sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan 
tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh 
qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. O’zbekistondagi ko’plab 
tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayonidan o’tishlari tavsiya etiladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin