O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

 
 
19
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rasmiy sayti - http://cerr.uz/uz/news/news/transformacia-bankovskogo-
sektora-strategiceskie-vyzovy-dla-uzbekistana 


40 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bank 
tizimini takomillashtirish banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning 
o’ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. 
O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda 
barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. 
Bir so’z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda 
rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to’ldirgan holda, bir – 
biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy – 
moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Aynan 
yuqoridagilardan 
kelib 
chiqib 
O’zbekiston 
bank 
tizimini 
takomillashtrish jarayonlarini jadallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq. 
- tijorat banklarida mijozlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish maqsadida 
zamonaviy va ilg’or axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish zarur; 
- mamlakatimiz banklarining moliya bozridagi faoliyat ko'lamini oshirish
ularga ushbu bozorda ishtirok etishlarini rag’batlantiruvchi imtiyozlar joriy qilish; 
- tijorat banklarining xizmatlari sifatini oshirish birinchi navbatda mijozlarga 
xizmat ko’rsatadigan bank xodimlarining muomala madaniyatiga nihoyat darajada 
bog’liq bo’lib, bugungi kunda tijorat banklari xodimlarining bu boradagi 
malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi; 
- tijorat banklari moliyaviy barqarorligini oshirish va bu orqali 
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish lozim; 
- mamlakatimizning chekka hududlarida aholiga ko’rsatilayotgan bank 
xizmatlari sifatini oshirish orqali bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada 
mustahkamlash; 
- kredit kartalar faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirish. Jumdladan, 
overdraft kreditlash tizimini rivojlantirish; 


41 
- qisqa muddatli mikroqarzlarni yo’lga qo’yish. Hech qanday hujjat, kafil, 
garov talab etmasdan, EKIHning 10 barobarigacha bo’lgan miqdorda 
mikroqarzlarni bir necha soniya ichida berish onlayn tizimi yaratish; 
- bank aksiyalarining onlayn ommaviy sotuvini yo’lga qo’yish; 
- aholi mablag’larini sarmoyaga yo’naltirish tizimini ishlab chiqish; 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davrlaridayoq 
mamlakatimizda mustahkam bank infratuzilmasi shakllandi. Tobora taraqqiy etib 
borayotgan bank tizimi mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirishda, xalq 
farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni 
muvaffaqiyatli davom ettirishda o’zining salmoqli hissasini qo’shib boraveradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin