O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari


Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining tarmoqlar bo’yicha ulushi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining tarmoqlar bo’yicha ulushi
11
 
Ko’rsatkichlar nomi 
01.01.2020 й. 
01.03.2020 й. 
O’zgarishi, 
foizda 
mlrd. so’m 
ulushi, foizda 
mlrd. so’m 
ulushi, foizda 
Jami kreditlar
211 581 
100% 
215 815 
100% 
2,0% 
Sanoat 
75 636 
35,7% 
76 864 
35,6% 
1,6% 
Qishloq xo’jaligi 
17 205 
8,1% 
18 162 
8,4% 
5,6% 
Qurilish sohasi 
5 930 
2,8% 
6 033 
2,8% 
1,7% 
Savdo va umumiy xizmat 
14 480 
6,8% 
15 035 
7,0% 
3,8% 
Transport va kommunikatsiya 
23 516 
11,1% 
24 286 
11,3% 
3,3% 
Moddiy va texnik ta'minotni 
rivojlantirish 
3 302 
1,6% 
3 465 
1,6% 
4,9% 
Uy-joy kommunal xizmati
2 512 
1,2% 
2 559 
1,2% 
1,9% 
Jismoniy shaxslar 
39 934 
18,9% 
42 158 
19,5% 
5,6% 
Boshqa sohalar 
29 065 
13,7% 
27 252 
12,6% 
-6,2% 
11
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz - https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/144091/ 


21 
2020 yilning 1 yanvar holatiga O’zbekistondagi mavjud tijorat banklari 
tomonidan iqtisodiyotga qo’yilgan kredit qo’yilmalari qoldig’i 211 trln 581 mlrd 
so’mni tashkil qilgan. Ushbu kredit qo’yilmalarining 35,7 foiz yoki 75,6 trln so’mi 
sanoat tarmog’iga yo’naltirilgan (2-jadval). 
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy 
tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb 
etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, 
ya’ni qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta 
taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy 
tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o’ziga xos jihati 
iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan 
biri, bu ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari 
o’rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan 
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul 
o’tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga 
oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir 
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining mustahkamligi. 
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o’tilgan qisqa davrda 
yig’ilgan tajribalarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 
asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni 
aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchi yo’qolishi bilan bog’lab 
ko’radigan bo’lsak, banklarga nisbatan ishonch yo’qolishi oqibatida ularning 
jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. 


22 
Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar 
sabab bo’lishi mumkin:
– banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmasa;
– aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo’lgan talabi to’liq va 
o’z vaqtida qondirilmasa;
– mijozlarning hisobvaraqlari bo’yicha mablag’lar qoldig’i va aylanmalari 
haqida bank siri ta’minlanmasa;
– mijozlarning pul o’tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli 
manzilga o’tkazilmasa;
– bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi 
va boshqalar.
2. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari 
samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo’jalik sub’ektlariga 
kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini qondirish dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini 
yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning 
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va 
raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan 
ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni 
emissiya qilishini oladigan bo’lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi 
tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning 
inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. 
Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan 
ta’minlangan bo’lishi lozim. 
Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi 
samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi 
muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini 


23 
oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat 
qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv 
omillar ta’sir qiladi.
Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq 
respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish 
hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida 
ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar o’rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli 
darajada oshib ketishiga olib keldi.
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real 
sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko’rishimiz mumkin. Mamlakat 
real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud 
bo’lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz 
sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar 
bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning 
to’lovga layoqatsizligi korxonalarda qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan 
kuchli talabni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Albatta, ushbu talab to’lig’icha 
banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq 
emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish 
uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo’ladi.
Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning 
to’liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy 
inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo’lsada, banklar kredit 
quyilmalari 
hajmini 
oshirishga 
moyillik 
sezishmaydi. 
Bu 
banklarning 
iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida 
asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar 
risk asosida kredit sifatida beradigan mablag’lari o’z mablag’lari emas, balki 
chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag’lari hisobiga faoliyat 
yuritayotganligini unutmaslik lozim.


24 
Xulosa o’rnida ta’kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli 
nafaqat 
banklarning 
o’ziga, 
balki 
milliy 
iqtisodiyotning 
rivoji 
va 
raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi 
va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil 
etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, banklar va milliy 
iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular 
biri – birini to’ldirgan holda, bir – biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va 
takomillashib boradigan iqtisodiy – moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o’sib 
bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi 
omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Kundan – kunga aholining 
banklarga ishonchi ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmi o’sib 
borishida ko’rib borishimiz mumkin. Mamlakatimiz bank tizimini rivojlanishiga 
albatta mamlakatimiz rahbarining “2011-2015 yillarda respublika moliya – bank 
tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 
ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qaror talablarini 
bajarilishi o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ushbu qarorning bajarilishini esa bank 
tizimimizga xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilayotgan “barqaror” 
darajalarida ham ko’rishimiz mumkin. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin