O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
 Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati
Tijorat banklari bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ularning o’rni quyidagi 
holatlarda yaqqol nomoyon bo’ladi:
1. Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug’ullanadi. 
Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hajmi oshadi. Bu esa 
pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichi bo’lmish 
YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorining faol ishtirokchisi 
hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi. 
Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy 
resurslarni ko’payishiga va qimmatli qog’ozlar savdosida rivojlanishiga olib 
keladi. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish orqali aholi va 
korxonalarning ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb etadilar va 
ularni kredit investitsiya sifatida joylashtiradi.
3. Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga 
oshiradi.
4. Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo’jalik yurituvchi subektlarning 
majburiyatlari bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Demak T/B iqtisodiyotda 
likvidlikni ta’minlaydi.
5. Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol 
ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo’q.
6. Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda 
muhim o’rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashil qiladi, lekin pullari 
tijorat banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan 
birga Investitsion banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan AQSH da 
investitsion banklarning faoliyati yuksak rivojlangan. Investitsion banklar depozit 
qabul qilish va kreditlar berish huquqiga ega emas. 


17 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik 
byulleteniga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mamlakat iqtisodiy faoliyatida bank 
tizimining o’rni yaqqol nomoyon bo’lganiga guvoh bo’lamiz. 
2019 yilning 1 yanvar holatiga bank aktivlari hajmi jami YaIMning 52,7 
foizinin tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilning 1 yanvar holatiga kelib 
53,3 foizni yetgan. 
2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari miqdori 211 trln 580 
mlrd. so’mni tashkil qilib, YaIMga nisbatan 41,3 foizga teng bo’lgan (1-jadval). 
1-jadval 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin