Asosiy tayanch tushunchalar: O’tish davri - bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmundir.
Iqtisodiy islohotlar - turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o’zi belgilashi lozim.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tamoqlarini erkinlashtirish - xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta‘minlash, tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirish uchun barcha shart-sharotlarni yaratish demakdir.
Islohotlar kontseptsiyasi - itimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarini umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
1[1] Каримов И.А. Ўзбекситон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 1995, 19-бет
2[2] Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари Т.: Ўзбекистон, 1998, 332-333 бетлар