O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix12.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#112307
1   2   3   4   5   6
Bo’tayeva Gulmira Boxodirjonovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
732 

berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog‘lansa, bolalardagi bilim 
egallash shunchalik ongli kechadi. 
Bularning amaliyotda qo‘llanishi quyidagi qoidalar orqali kechadi: 
1. 
Bilim va tarbiya berishda, bola ulaming, o‘z hayotiga naqadar zarur ekanini 
bilib borishi; 
2. 
Bilim berishda hayotdan bilimga yoki bilimdan hayotga qarab boorish; 
3. 
Bilim berishda, bu bilim hayotda zarur bo‘lgani uchun kashf qilinganligini 
ta‘kidlash; 
4. 
O‘quvchilarni eng yangi mehnat qurollari va mehnat munosabatlari bilan 
tanishtirib boorish; 
5. 
O‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda albatta sinab ko‘rishlarini talab 
qilish; 
6. 
Maktabning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini amalda ko‘rsatish; 
7. 
Bilim berish jarayonini ishlab chiqarish yutuqlaridan misollar keltirish yo‘li 
orqali bilimni amaliyot bilan bog‘lash; 
8. 
8. Dars berishda, o‘quvchilarning mehnat tajribalaridan kelib chiqish; 
9. 
Ijtimoiy mehnat faqat dars jarayoni asosida amalga oshirilishi; 
10. 
Aqdiy mehnatni jismoniy mehnat bilan olib borish. 
Texnologiya darslarini ko‘rsatmalilik tamoyili asosida tashkil etish - o‘qitishning 
ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan jarayonlarni 
narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog‘liq muayyan hissiy amaliy tajriba 
bo‘lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtiradilar hamda ularda ilmiy 
tasavvur va tushunchalar hosil qilish mumkun. Bu tamoyil o’qitish jarayonida turli 
sezgilardan: ko‘rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab 
etadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalar hosil qilish uchun 
mehnat usuli va operatsiyalarini ko‘rsatish keng qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalilik 
o‘quvchilarni qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, o‘tilayotgan darsni yaxshi esda saqlab 
qolishga yordamlashadi (plakat, diafilm). 
Mustahkam va puxta o‘zlashtirish tamoyili asosida tashkil etish - mustahkam va 
puxta o‘zlashtirish tamoyilda barcha ilg‘or o‘qituvchilar va pedagog olimlarning ko‘p 
yillik izlanishlari o‘z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan empirik bilimlar 
birlashib mustahkamlangan. Bilimlarni mustahkam egallash jarayoni juda murakkab 
bo‘lib, keyingi yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o‘zgarishlar kiritdi. 
Politexnik tamoyili asosida tashkil etish - texnologiya fani bosqichlari orasidagi 
izchillik politexnik tamoyili katta ahamiyatga ega. Ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda 
o‘smirlar quyi sinflarda o‘zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo‘llashi va 
takomillashtirishi juda muhim. Qog‘ozni rejalashda chizg’ich, go‘niya va qalamdan 
foydalanish malakasini egallash va metallni rejalashda qo‘llash kerak. Bu jihatdan 
o‘quvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali bo‘ladi. O‘quvchilar qog‘ozni, 
gazlamani va listli qaychi bilan qirqish orasida ko‘pgina umumiylikni topadi. 



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin