ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022
733
Modellashtirish jarayonida o‘quvchilar yana shu ish bo‘yicha quyi sinflarda olgan
bilimlarini qo‘llashi va hokazolar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi.
Texnologiya darslarini unumli mehnat asosida o‘qitish tamoyiliayrim pedagogika
nazariyotchilari o‘qitishni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borib bo‘lmaydi degan
fikrni ilgari surgan edilar. Texnologiya ta’limi darslarida bajariladigan ishlar mashq
asosida olib borilsa yetarli bo‘ladi degan noto‘g‘ri fikrni ilgari surgan edilar. Lekin
hayot shuni ko‘rsatdiki bu fikr noto‘g‘ri ekanligini ya’ni o‘quvchi o‘z mehnatining
yakunini ko‘rgandagina unda mehnatga qiziqish hamda mehnat kishisiga hurmat
ortishi isbotlangan. Shuning uchun ham texnologiya darslari unumli mehnat asosida
olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
T
a‘lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali
uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan
uyg’unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining
uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini,
konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchilarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra
guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng
esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam
vujudga kelishi lozim.
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o‘quvchilarning faollashtiruvchi
va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari
shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini-o‘zi
boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental ehtiyojlariga
tayanadi.