O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix10.11.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#68383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Meliyev Gafur Olimkulovich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1072 
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, respondentlarning 40-75 foizi inventarizatsiyani 
ikkinchi marotaba to‘ldirgandan so‘ng boshqa natijaga erishadilar. 
Bugungi kunda Myers-Briggs shaxs tiplarini aniqlash so‘rovnomasi foydalanish 
juda oson bo‘lgani uchun ishlatilayotgan eng mashhur psixologik vositalardan biri 
bo‘ldi. Mayers-Briggs shaxs tiplarini aniqlash so‘rovnomasi 94 banddan iborat. 
Respondentlar taqdim etilgan ikki javob, ba’zi holda uch javobdan birini tanlaydi. 
Savollarning bir qismi inson xulq-atvorining turli hayotiy vaziyatlarda namoyon 
bo‘lishini tavsiflaydi (masalan: Kechki bazmlar sizga: a) goho zerikarli bo‘ladi; 
b) doimo xursandchilik bag‘ishlaydi). Savolning qolgan qismlari – tushunchalar 
juftligidan iborat(masalan: a) yaratmoq; b) qurmoq). Respondent (so‘rovnomada 
ishtirok etayotgan shaxs)ga maxsus javoblar varaqasi beriladi. U unda o‘zi tanlagan 
javobni belgilaydi. 
Har bir javob variantiga mos qiymat belgilangan (0, 1 yoki 2 ball). Natijalarni 
qayta ishlashda shkaladagi har ikkala qutb ballari hisoblanadi(ya’ni E, I, S, N, T, F, J, P 
uchun alohida-alohida). Masalan, agar respondentning E bo‘yicha ballari yig‘indisi I 
bo‘yicha ballari yig‘indisidan katta bo‘lsa, u ekstravert sifatida tasniflanadi. Ya’ni u ko‘p 
vaqtini ekstravert sifatida o‘tkazadi. Faoliyatning ekstravertlashgan turini afzal biladi 
va hayotning turli sohalariga ehtiyoj sezadi. SN shkalasi bo‘yicha N ga moyillik, 
respondentning sensor qabul qilishga qaraganda intuitiv idrok qilish usulini afzal 
bilishini ko‘rsatadi. Agar moyilliklar bo‘yicha aniqlangan ballar yig‘indisi kichik bo‘lsa, 
respondentning tipologik xarakteristikasi unchalik aniq bo‘lmaydi. 
Umuman, harf moyil yo‘nalishini, sonlar esa uni amalga oshirish darajasini 
ko‘rsatadi. Shunday qilib, miqdoriy ko‘rsatgich respondentning xulq-atvorida u yoki bu 
moyilning qanchalik kuchli namoyon bo‘lishi haqida tasavvur beradi. Lekin ushbu 
moyilning rivojlanganlik darajasi haqida mulohaza yuritishga imkon bermaydi. 
Mualliflarning fikricha, MBTI talqini psixologning respondent bilan muloqoti (dialogi) 
ni taqozo etadi. Psixologning asosiy vazifasi – respondentga o‘zi haqidagi bilimlari 
asosida psixologik tipini aniq tavsiflashga yordam berishdir. Psixolog bunda shaxs 
tiplari nazariyasi bo‘yicha mutaxassis sifatida unga maslahat beradi, xolos. Odatda, 
bunday vaziyatlarda taxminan 75 % respondent o‘zining natijalaridan qoniqish hosil 
qiladi. Bunda respondent bilan xulq-atvordagi moyilliklarning hayotiy vaziyatlarda 
qanday namoyon bo‘lishi haqida suhbat o’tkaziladi. 
MBTI so‘rovnomasi natijalarining ishonchliligi, boshqa so‘rovnomalardagi kabi, 
savollarga qanchalik “to‘g‘ri” javob berilganiga bog‘liq. Ba’zi hollarda shaxs aniqlangan 
tipining o’z xarakteriga mos ekanini darhol tan oladi. Bunday respondentlar bilan 
tipning namoyon bo‘lishiga doir misollarni muhokama qilish va olingan bilimlarni 
amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘proq suhbatlashish kerak. Ba’zi shaxslar esa o‘z tipiga 
nisbatan kuchli shubhada bo‘ladi(ishonmaydi). Shuning uchun ular Mayers-Briggsning 
tipologik so‘rovnomasi natijalarini talqin etish bosqichlarida olingan ma’lumotlar bilan 
tanishtirilishi lozim. Bu ma’lumotlar ularga o‘zining ko‘proq nimaga moyil ekanini 
aniqlashga va mos psixologik tipini topishga yordam beradi. 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin