O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
12-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
19.10.2022
1069
SHAXS TIPOLOGIYASIGA ASOSLANGAN METODIKALAR
Meliyev Gafur Olimkulovich
podpolkovnik, Janubi - G‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy-kasbiy saralash bo‘limi katta
ofitseri, mustaqil izlanuvchi.
Annotatsiyasi: Quyida berilgan “Shaxs tipologiyasiga asoslangan metodikalar”
mavzusi bugungi kunda dolzarb sanalayotgan shaxs psixologiyasi va uning sotsium bila
o‘zaro aloqadarligi masalalariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, shaxsning individual psixologik
xususiyatlari, ularning shaxs psixologiyasi bilan bog‘liqlik munosabatlari, tipologiyaning
klassifikatsiyalari ochib berilgan. Shuningdek, “Mayers-Briggs shaxs tiplarini aniqlash”
so‘rovnomalarining nazariy jihatlari tadqiq etilib, tegishli xulosalar berilgan.
Abstract: In the work on the topic "Methods based on personality typology", given
below, the issues of personal psychology and its interaction with society, which are
considered relevant today, were discussed. Also, individual psychological characteristics
of a person, their relationship with personal psychology, classifications of typology are
revealed. Also, the theoretical aspects of the Myers-Briggs personality type
questionnaires were studied and appropriate conclusions were given.
KIRISH
Hozirgi kunda jahonda rivojlangan yoki bugungi kunda
rivojlanish bosqichida
bo‘lgan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarida psixologik taʼminlash doirasida malakali
kadrlarni tayyorlash, xodimlarning maʼnaviy-ruhiy fazilatlarini o‘rganish hamda ularni
shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yurt tinchligi hamda davlat
kelajagi uchun jonkuyar, mas’uliyatli, fidoyi, vijdonli va yuksak maʼnaviyatli xodimlarni
saralab olishga qaratilgan. Barcha sohada kasbga layoqati,
qobiliyati, xulq-atvori, hissiy
va asab-ruhiy xolati, tafakkuri,
intellekti, shaxslararo munosabatga kirishimliligi kabi
shaxsiy xususiyatlari, o‘qishga va ishga nomzod sifatida kasbiy tanlov o‘tkazish
masalasi hozirgi kunga qadar respublikamizda faqatgina yoshlarning intellektini
aniqlashga qaratilmoqda.
P.K.Anoxin asab
tizimida neyronli darajani, neyronlar populiyasiyasi darajasini
aniqlagan. Yoki B.G.Ananev fikricha quyi ierarxik daraja yuqorisiga qaraganda genetik
yoki funksional taraflama qaralib birlamchi hisoblangan.
Individual integral darajadagi biz ajratgan xususiyatni, shaxsning neyrodinamik,
psixodinamik xususiyatlari va sotsial statuslari
bilan taqqoslab bir-birisiz
bo‘lmaydi deb aytolmaymiz. Bir darajaga xos xususiyatni boshqa bir daraja
xususiyatlaridan chiqarib ololmaymiz.
Barcha sohalarda xodimlarining psixologik tayyorgarligini takomillashtirishning
tuzilmaviy-mazmunli yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan tizimini ochib
berish,
shuningdek, soha vakillari, bo‘linma xodimlari, amaliyotchi psixologlar ish