ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.12.2022
ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda[5]. Bunda ushbu
toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat
qaratilmoqda[6]. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay
o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi,
odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi
ortmoqda[7]. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga
xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”,
“mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy
etilmoqda[8]. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam
va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari
o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda[9]. Bugungi
kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish,
buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni
qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib
qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu
an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib,
takomillashib bormoqda[10]. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”,
“Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi
dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla”
dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin
qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga
oshirilmoqda[11]. Ta’kidlash joizki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni
obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi,
ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan[12]. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam ta’minlangan qatlamlariga
dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va
imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda[13]. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul
kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish
imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi. Bizga ma’lumki, bundan 4
yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi[14]. Bu borada davlat grantlari 21
mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar
qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil
oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni
oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda[15].
Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un
va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib,
60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda
ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer