Aktiv transport. Bu jaryonda oddiy va yengillashgan diffuziyadan farq qilib
moddalar kontsentratsiya gradienti qarshisiga qarab olib o'tiladi. Ko'pgina mineral
ionlarning hujayralar orasidagi suyuqlikdan hujayraga yoki teskari tomonga o'tishi,
glyukozaning birlamchi siydikdan buyrak kanalchalari orqali qonga o'tishi shu yo'l
bilan yuzaga chiqadi. Moddalarning kontsentratsiya gradienti qarshisiga tomon o'tib
borishi o'z-o'zidan ro'y beradigan jarayon emas: bu energiya sarfi bilan bog’liqdir.
Energiya manbai yo ATF gidrolizi birlamchi aktiv transport yoki o'z kontsentratsiyasi
gradienti tomonga qarab harakatlanib borayotgan boshqa moddani bir yo'la olib
o'tishdan iborat bo'lishi mumkin (ikkilamchi aktiv transport). Ba`zi mineral
moddalarning aktiv transporti transport ATF-azalar yoki ion nasoslari ishtirokida ATF
energiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Ion nasoslari olib o'tilayotgan ionni tanlab turib
biriktirib olish va ATFni gidrolizlashga qodir bo'lgan oqsilli tuzilmalardir; ayni vaqtda
ATF gidrolizi energiyasi membrananing ikkala tomonidagi ionlar kontsentratsiyasi
farqining energiyasiga aylanadi[5].
Na, K- ATFaza ta`sirining mexanizmi ATF-azaga uchta Na
+
ionlari birikishi (1 va 2
bosqichlar) fermentini aktivlashtiradi va u ATFning parchalanishini katalizlaydi, shu
bilan birga fosfat qoldig'i ATFazaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi
o'zgaradi: ion kanali membrananing ichki tomonidan yopilib, tashqi tomonidan
ochiladi (3 bosqich): shu bilan birga biriktirish markazlarining Na+ ioniga yaqinligi
kamayadi (taxminan 10 baravar)[7]. Na
+
ionlari fermentni tashlab chiqadi, fermentga
esa (maxsus biriktirish markazlariga) K
+
ionlari birikadi (4 bosqich). K+ ionlari
fermentini shu tariqa o'zgartiradiki, fosfat qoldig'i gidrolitik yo'l bilan fermentlardan
ajralib ketadi. Natijada ferment konformatsiyasi yana o'zgarib qoladi: ion kanali tashqi
tomonidan yopilib, ichki tomonidan ochiladi, K
+
ionlariga yaqinlik kamayib ular
sitozolga ajralib chiqadi (5 bosqich). ATF gidrolizining energiyasi aynan
membrananing ikkala tomonida ionlarga yaqinlikni o'zgartirish uchun kerak bo'ladi.