O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
TA’LIM JARAYONIDA O’QUV MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING O’ZIGA
XOSLIGI.
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna
URDU Psixologiya(Faoliyat turlari bo’yicha )
2-kurs magistranti
Annotasiya. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o’quv motivatsiyasi
shakllanishining o’ziga xosligi bayon qilingan.
Kalit so’zlar. Psixologiya, shaxs, motiv, motivatsiya, psixolog-talaba, ta’lim
Inson hayoti davomida qandaydir faoliyatni amalga oshirar ekan, faoliyatni
samarali bo’lishi insonning mazkur faoliyatga nisbatan intilish, hohish yoki istaklariga
bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda motivatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning
xulq-atvori, faoliyatining)
murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib,
u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni,
qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni,
ustanovkalarni,
emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi
bo’lib, u o’zida mayillar, ideallar ko’rinishida namoyon
qiladi va inson faoliyatini
bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi
sabablar majmuidir. Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash,
motivatsiyaning
mazmuni va energetik tomoni haqidagi ma’lum savol psixologlar tomonidan ifodalab
berilgan. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir
tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli tomonga e’tibor
bermay, aniq mexanizmlar sifatida energiya va xulq-atvorga taqsimlaydilar [1],[3].
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtayi
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o'ziga
xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo'lib, ularning nazarida ilmiy pozitsiyalar va
konsepsiyalar
mohiyati
jihatdan
farqlanuvchi
g'oyalar
va
yo'nalishlar
mujassamlashgan.
Rus psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushiniskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov,
V.M.Bexterev,
A.F.Lazuriskiy,
V.N.Myasishev,
A.A.Uxtomiskiy,
D.N.Uznadze,
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, L.I.Bojovich
va boshqalar mazkur
muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar.
Rus psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida
motivatsiyaga oid o’ttizdan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik
maktablarning ayrim namoyondalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishiga
harakat qilamiz:
interospektiv psixologiya, bexiviorizm, geshtalt psixologiya,