ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.03.2023
F.Qodirovaning “Maktabgacha pedagogika” o‘quv darsligida 6-7 yoshli
bolalarning bilish jarayonlari, jumladan ulardagi ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonlari
va ularni riivojlantish haqida bir qator nazariy ma‘lumotlar berilganligini ko‘rishimiz
mumkin. Unda 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari, Bolani mktabga
tayyorlash jarayonida ta‘lim olishga tayyorlash, o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozimligi
haqida fikrlar keltirib o‘tilgan. Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva,
M.X.Xolnazarovalarning “Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya” kitobida bu
yoshda bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonida yuz beradigan inqirozlarni
o‘rganilgan. Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil
individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyot va kechinmalarini anglashgacha bo‘lgan yo‘lni
bosib o‘tadi
88
. O‘z uyida yaqinlariga nisbatan quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi:
bolaga gapirganda javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bo‘lishi, ota-ona
tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish, quloq solmaslik, qaysarlik,
talabchanlik, injiqlik, maqtovni kutish kabi xulq-atvor shakllarini namoyon qiladi.
Professor Y. Nurumbekovaning maktabgacha ta’lim va uni O‘zbekistonda yangi
istiqbollari haqidagi ko‘plab tadqiqiy ishlari ham biz tanlagan mavzuga doir juda ko‘p
ma‘lumotlarni taqdim etishiga. Yani, yosh avlodni har tomonlama yuksak saviyali va
sog‘lom qilib tarbiyalashdagi eng muhim ta‘lim muassasasidan biri bu maktabgacha
ta‘lim ekanligi uning tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘lgan.
6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar jismoniy va
fiziologik jihatdan rivojlanish, emotsional sohalaridagi rivojlanishlar yangi shaxsiy
hayotga debocha hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Rivojlanishda kishidagi jismoniy, ruhiy, va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha
tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bolaning hissiy
rivojlanishi – bu uning idrokining rivojlanishi va ob‘ektlarning tashqi xususiyatlari:
ularning shakli, rangi, o‘lchovi, fazodagi holati, shuningdek hidi, ta‘mi haqidagi
g‘oyalarini shakillantirish. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy
rivojlanishning ahamiyatini yaxshilash, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalarni
to‘plash uchun eng qulaydir.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy
rivojlanishiga tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan
muloqatchanlikka o‘rgatish hissi, psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish
ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashishimiz lozim. Bolalar jamoasini
shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar o‘z xulqlarining
jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi
bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zaruriyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy
hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada
shakllanganligidan dalolat beradi. Bola muassasaga kelishi bilan bolalar jamoasining
88
Z.T.Nishanova,
N.G.Kamilova,
D.U.Abdullayeva,
M.X.Xolnazarova
‘‘Rivojlanishpsixalogiyasipedagogikpsixalogiya’’ kitobii Toshkent-2019