ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
o‘zi qolishi kerak. Sobiq GDRda suzuvchilarni saralash taxminan shunday tartibda
tashkil etilgan edi: birlamchi saralashdan so‘ng 10.000 ta jalb etilgan bollaradan 800
tasi: dastlabki saralshdan so‘ng – 130-150 ta: oarliq saralashdan song – 20-30 ta:
asosiy saralashdan so‘ng – 2-3 ta bola qolgan va shulardan, odatda, faqat bitta sportchi
Olimpiada o‘yinlari hamda joxon chimpionatida muvaffiqyatga erishgan. Sportcha
saralashni amalga oshirishda morfofunksional, ijtimoiy – psixologik va boshqa
mezonlarni qo‘llagan holda istiqbolni majmuaviy baxolashni taminlash kerak. Bunda
ko‘p yillik sportcha saralashning birinchi va ikkinchi bosqichlarida irsiy jihatdan
belgilangan belgilar asosiy rol o‘ynaydi va mashq qilish tasirida o‘zgaradi. Keyingi
bosqichlarda ularni axamiyati kamayib boradi hamda mashq qilish natijasida o‘zgarib
turuvchi sport - texnikaviy, ruhiy va funksional belgilarni ahamiyati ortib boradi
(Platonov 1997; Volkov 1997; Matveev 1999). Bularning barchasi albatta, istiqbolli
suzuvchilarni saralash jarayoniga ham tegishlidir. Quyida ularni ko‘pyillik saralash
jarayoni har bir bosqichlarning vazifa va mezonlariga umumiy tarzda tavsif berib
o‘tamiz. Birlamchi saralash. Vazifa - har bir bola uchun uni suzish bilan shug‘ullanishni
maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Asosiy mezonlar : 1) suzish bilan shug‘illanishni
boshlash uchun qulay bo‘lgan yosh; 2) salomatligida jiddiy nuqsonlarni va sport bilan
shug‘ullanish uchun monelik qiluvchi kasalliklarga moyillikni yo‘qligi;3) morfotip
suzish talabalarga mos kelishi: 4) harakatchanlik qobilyatlarini darajasini suzish
talabalariga muvofiqligi. Dastlabki saralash. Vazifa – yosh suzuvchilarni samarali
sportcha takomillashuvga qobilyatli ekanligini baxolash. Asosiy mezonlar: 1)
salomatligida nuqsonlarni yo‘qligi 2) mushak tizimi tuzilishi va imkoniyatlari; Quvvat
potensiyali analizator tizimlari va harakatlanish kobilyatlarini suzish talabalariga
muvofiqligi. 3) asosiy funksional tizimlar va mexanizmlarni ratsional mashq qilish
jarayoni ta’sirida moslanuvchanlik o‘zgarishlariga moyilligi. Oraliq saralash. Vazifa –
suzuvchilarni ma’lum bellashuv (musobaqa) mashg‘ulotlarida yuqori maxoratga
erishishi imkoniyatlarini baxolash
1) yuqori maxoratga erishishi uchun turg‘un motivatsiya. 2) salomatlikda
muvoffaqatligi sport takomillashtiruviga monelik qiluvchi nuqsonlarini yo‘qligi. 3)
katta yuklamalarga bardosh berishga ruxiy va fubksional tayyorlik. 4) funksional
tizimlar va mexanizmlarni kelgusidagi moslanuvchanligi; harakatlanish hislatlarini
o‘sishi, muhim texnika elementlarini takomillashtirish, muayyan suzish
mashg‘ulotlarida natijaviylikni belgilab beruvchi taktik va ruxiy tayyorgarlik zaxiralari.
Asosiy saralash. Vazifa – suzuvchini halqaro toifa natijalariga erishish istiqbolini
baxolash. Asosiy mezonlar: 1) maxorat cho‘qqisiga erishsishga intilish darajasi va
bunda salomatlik tomonidan moneliklarni yo‘qligi; 2) turli murakkab natijalarda
noodatiy yoki noxush iqlim sharoitida, soat mintaqalari o‘zgarishida, o‘rta tog‘
sharoitida, ma’suliyatli musobaqalarni ruhan keskin va shiddatli muxitida mashg‘ulot
va bellashuv yuklamalariga bardosh berishga ruhiy va funksional jixatdan
tayyorlanganlik; 3) asosiy musobaqalarda keskin raqobat sharoitida erishilgan
tayyorgarlikni maksimal amalga oshirish hamda bunday musobaqalarda shaxsiy